Dunyo nega bunaqa


Boshimda mudom siz parvona


Download 81.19 Kb.
bet3/10
Sana13.05.2023
Hajmi81.19 Kb.
#1455476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QALB GAVXARI

Boshimda mudom siz parvona
Otam borki bilinmas yo’g’imu kamim
Onam borki sezilmas tashvishu g’amim


Qayda bo’lmay kim bilan yodimda sizlar mudom
G’amli tashvishli kunda yonimda sizlar mudom
Xech vaqosiz qashshoqman borimdir sizlar mudom
Ota siz borsizki mening baxtim bor
Ona siz borsizki menga omad yor


Otam qanotimsiz onam panoxim
Sizlar yuvgaysizlar barcha gunohim
Sizlar ila guzaldir mening xayotim
Ota siz olguvchi mening dardimni
Ona siz yuvgaysiz qalbdan gardimni


Qoqilsam yonimda sizlar tirgaksiz
To’g’ri yo’lni ko’rsatib mudom sergaksiz
Har lahza xar nafas menga keraksiz
Ota siz qalbimning qo’ridadirsiz
Ona siz ko’zimning nuridadirsiz


Mayli sochingizga oralasin oq
Mayli yuzingizga tushsin ajin dog’
Bu dunyoda menga sizdan yaqin yo’q
Ota siz so’zimning ishonchidirsiz
Ona siz hayotim quvonchidirsiz


EH AYOLLAR - AYOLLAR


Bir vaqtlari yuzi ochiq yurmagan
Usmadan o’zgasin qoshi ko’rmagan
Yuziga lab bo’yoq upa surmagan
Ayollar sizlarga ne bo’ldi bugun


Ro’mol o’rab sochin quyosh kurmagan
Yelka ochiq kalta kiyib yurmagan
Begona yor qarshisida turmagan
Ayollar sizlarga ne bo’ldi bugun


Or nomus uyatni sotmagan pulga
Uchmagan zeb – ziynat tilloyu gulga
Yurmagan yomonu nojo’ya yo’lga
Ayollar sizlarga ne bo’ldi bugun


Bugun sizni ko’rib yoqa ushlaymiz
So’z aytmay jimgina tilni tishlaymiz
Gohida tavba deb ko’zni yoshlaymiz
Ayollar sizlarga ne bo’ldi bugun

Download 81.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling