Dunyo nega bunaqa


Sal bo’shashsang bukishadi qomatingni


Download 81.19 Kb.
bet5/10
Sana13.05.2023
Hajmi81.19 Kb.
#1455476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QALB GAVXARI

Sal bo’shashsang bukishadi qomatingni


Ig’vo qilib ortingdan boshing egmoq bo’larlar
Kurashsang g’irrom qilib jangda yengmoq bo’larlar
Gar yig’lasang siqilib xandon otmoq bo’larlar
Xasadgo’ylar ko’rolmaslar omadingni
Sal bo’shashsang bukishadi qomatingni


Ey do’stim adashma xech to’g’ri yo’lni tanlashda
Sinamasdan insonlarni do’st dushman deb atashda
Yaxsilik qilgin faqat kuymay desang otashda
Xasadgo’ylar ko’rolmaslar omadingni
Sal bo’shashsang bukishadi qomatingni
22.02.2016 – yil
SEN BO’LMASANG YONIMDA


Boshdan uchar aqlu – xush
Xayol tortar faromush
Qilolmayman bir yumush
Sen bo’lmasang yonimda


Uyqu kelmaydi ko’zga
Tilim bormas bir so’zga
O’rning bosolmas o’zga
Sen bo’lmasang yonimda


Sig’mas yurakka quvonch
Qolmas yashashga ishonch
Sog’inaman na iloj
Sen bo’lmasang yonimda


Yashashdan mano yo’qday
Yurak yonar bir cho’g’day
Sarsonman yoysiz o’qday
Sen bo’lmasang yonimda


Tunimda oyim bo’lmas
Ko’zim yig’laydi kulmas
Baxtim xam to’liq bo’lmas
Sen bo’lmasang yonimda


Gulsiz qolgan bulbulman
Suvsiz qolgan bir ko’lman
Maysasi yo’q bir cho’lman
Sen bo’lmasang yonimda

2016-yil Iyun

AHAD QAYUMGA
Kitoblari sherlarini o’qiyverib
Xar so’zidan manosini uqiyverib
To’rt besh qator misralarni to’qiyverib
Sher yozishda bo’lib qoldi mening o’yim
G’oyibona ustoz menga Ahad Qayum



Download 81.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling