Dunyo xalqlari madaniyatidagi umimiylik va farqlar Reja: «Madaniyat»
Download 26.79 Kb.
|
dunyo xalqlari madaniyatidagi umimiylik va farqlar
Jahon sivilizatsiyasida O`zbekistonning to`tgan o`rni va istiqbollari.
Respublikamizning jahon sivilizatsiyasiga xos yo`ldan borishi umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy qadriyatlarga sodiklik, insonparvarlik va vatanparvarlikning uyg`unligi, xalqaro qonun-qoidalar va andozalarni hurmat qilish, ulardan hayotimizning barcha soxalarida keng foydalanishni takazo etmokda. Mustaqillik yillarida mamlakatning sivilizatsiyali taraqqiyot tamon borishi I. Karimov tomonidan asoslab berilgan O`zbekistonning o`z istiqloli va taraqqiyot yo`lining butun jahonda e’tirof etilayotganligida yaqqol ko`rinmokda. Bu ma’noda taraqqiyotning o`zbek modeli deb nom olgan rivojlanish tamoyili mamlakatimiz sivilizatsiyali taraqqiyotining asosiy jixatlarini o`zida ifodalaydi. Milliy mustaqillik yillarida madaniyatimizning bundan keyingi rivojlanish istiqbollari uchun puxta zamin yaratildi. Bu, avvalo kuydagilarda namoyon bo`ladi: - boy madaniy merosimizni har tomonlama chuqur o`rganish imkoniyatlarining yaratilganligida; - Qadrlar tayyorlash milliy dasto`rining ishlab chiqilganligi va sobitkadamlik bilan amalga oshirilayotganida; - milliy madaniyatlarning ravnak topishi va bir-birini boyitishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganida; - jahon madaniyati rivojiga o`lkan xissa qo`shgan ulug` ajdodlarimiz merosini keng targ`ib etishda; - mamlakatimizda ilm-fan va texnika saloxiyatini rivojlantirishga aloxida e’tibor berilayotganida; - inson intellektual saloxiyatining ortib borayotganida, yurtimiz obodonchiligi yo`lida ko`plab tadbirlarning amalga oshirilayotganida. Istiqlol va milliy madaniyat rivoji. Milliy mustaqillik yillarida O`zbekistonda yashayotgan barcha xalqlar madaniyatini rivojlantirishga, ularning madaniy merosi va qadriyatlarini asrab-avaylashga aloxida e’tibor berila boshlandi. Bu jixatdan respublikamizda ozchilikni tashkil etadigan xalqlar milliy madaniy markazlarining tashkil etilishi katta ahamiyatga egadir. 1991 yilda bunday markazlarning soni untaga yetmagan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 100 ortib ketdi. 1992 yilda mazkur markazlar ishini muvofiqlashtirib turadigan tashkilot - Respublika baynalmilal madaniyat markazi to`zildi. O`zbekistondagi turli xalqlar va millatlarning umumiy G`oya va istiglol mafko`rasi atrofida birlashishi nixoyatda katta ahamiyat kasb etadi va O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasi tomon rivojlanishida muxim omil bo`lib xizmat qiladi. Milliylik, umuminsoniylik G`oyalarini uyg`unlashtirish va yanada takomillashtirish muayyan xalqlarga tegishli madaniyatning o`ziga xosligini saglaydi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavkeni egallaydi. Umuminsoniy G`oyalar va qadriyatlarning shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog`liqdir. Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch, sadokat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do`stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Тajriba shuni ko`rsatadiki, biron bir milliy madaniyatni ulug`lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo`yish va boshqa xalqlarga majburan targ`ib etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko`pmillatli mamlakatda milliy madaniyatlarni mensimaslik yoki ularni kamsitish ijtimoiy barqarorlik va milliy totuvlikka putur yetkazadi, turli ziddiyat va ixtiloflarning paydo bo`lishi uchun zamin yaratadi. Bu borada milliy G`oya va istiglol mafko`rasi asoslarini ishlab chiqishda etnik xususiyatlarni xisobga olish ularni respublika taraqqiyotining istiqbollari bilan uyg`unlashtirish imkonini yaratadi. Download 26.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling