Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar Reja
Download 30.12 Kb.
|
Doc2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Sivilizatsiya tushunchasi aloxida olingan bir xalq, xudud, jamiyat, davlat va xatto jahonga, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo`llanildi. «Sivilizatsiya» lotincha «sivilius» so`zidan olingan bo`lib, aynan «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatadi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda sivilizatsiyaga turlicha ta’riflar berilyapti: sivilizatsiya-madaniy-texnik taraqqiyotning yuqori bosqichi (bunda yozuvning kashf etilishi, texnik kashfiyotlar, sanoat inqilobi sivilizatsiyaning muxim belgisi sifatida talqin etiladi); sivilizatsiya — jamiyatning muayyan namunasi (bunda u formatsiya tushunchasi bilan aynanlashtiriladi); sivilizatsiya — insoniyatning yovvoyilik va vaxshiylikdan keyingi taraqqiyot davri. Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida to`rgan xalq va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi sifatiy o`ziga xosligidir. Ayrim tadqiqotchilar sivilizatsiya asosini madaniyat, xalq, xudud bilan bog`lasalar, boshqalari dinni asos qilib oladilar. Aslida esa ularning hammasi ham sivilizatsiyaning taraqqiyotida o`z o`rniga ega. Ammo tarix taqozosi bilan muayyan xududda shakllangan sivilizatsiyaga gox tabiiy muxit, goxida ijtimoiy shart-sharoit ko`proqta’sir ko`rsatgan bo`lishi mumkin. Masalan, bizning Vatanimiz sivilizatsiyasida bu omillarning barchasi o`ziga xos ahamiyat kasb etganini ko`ramiz. Shu bilan birga, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sivilizatsiyalashgan taraqqiyotida dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o`ziga xos o`rin to`tgan. Vatanimiz tarixining keyingi uch ming yiliga nazar tashlasak, dunyoviy bilimlar va diniy qarashlar yonma-yon yashab kelganining guvohi bo`lamiz. Хalkimiz «Avesto»ni yaratgan davrlardan tortib bizning kunlargacha ana shu umumiy tamoyil o`z ta’sirini o`tkazib kelgan. Ularning biri mutloqlashtirilgan davrlarda madaniy taraqqiyot qanday aziyat chekkan bo`lsa, ikkinchisi taxkirlangan zamonlarda ham ana shunday yo`qotishlar sodir bo`lgan. Тarix bu borada ham buyuk mo`rabbiydir. U bizdan sivilizatsiyamiz utmishini holisona o`rganish, undan to`g`ri xulosalar chiqarish va o`zimiz uchun sabok olishga undaydi. XULOSA Bu soxada umumbashariyatga xos bo`lgan jixatlarni biz madaniyatdagi umuminsoniylik, millatning o`zigagina xos bo`lgan xususiyatlarni esa madaniyatning milliyligi deb ataymiz. Aslida esa milliylik va umuminsoniylik bir butun madaniyatning ikki tomoni, bir-birini taqozo etuvchi jixatlardir. Madaniyat ana shu ikki jixatning uzviy aloqasi va bir butunligi orqali namoyon bo`ladi. Milliylik — madaniyatning joni, uning millat bilan bog`liq yashash usuli, millatning unda namoyon bo`ladigan ruxidir. Umuminsoniylik esa madaniyatning butun jahonga xosligi, ana shundan kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining barcha davr va xududlarga xos umumiy tamoyillaridir. Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o`rtasidagi o`zaro ta’sir tabiiy ravishda xalqlar va millatlarning bir-biri bilan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy soxalardagi hamkorligi uzviy bog`liqdir. Birok bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zurlab targ`ib etish, joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Milliy madaniyatning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yo`lidan borishi va o`ziga xos sivilizatsiya yaratishida muxim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.A. Karimov. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T. O`zbekiston,-1992. 2. I.A. Karimov. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston, 1993. 3. I.A. Karimov. O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. T. O`zbekiston, 1993 Download 30.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling