Dunyoda bittayu bitta ayol kolsa xam, zargarlarga olam jaxon ish topiladi


Download 23.42 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi23.42 Kb.
#1842007
Bog'liq
xiva zargarlik m Keksa zargarlar-WPS Office


Keksa zargarlarning “Dunyoda bittayu – bitta ayol kolsa xam, zargarlarga olam jaxon ish topiladi” – degan nakl bor.

Shark mamlakatlari ayollari ichida menga zar – zevarning keragi yuk deydiganni uchratish amrimaxol. Bu erlarda zargarlik buyumlari abadul – azal eng xaridorgir buyumlar sirasidan joy olgan. Endigina esini tanigan kizalokka xam bilakuzuk va sirga takish rasm bulgan. Chakalokning bosh va engil kiymlariga kumush gardishli rangli toshlar, jonivor va kushlarning tish va tirnoklari, kuzmunchoklar takib kuyilgan. Bu buyumlar bir tomondan ins – jinslardan saklasa, ikkinchi tomondan u zeb berib turgan.

Zargarlik san’ati uzbek milliy – badiiy madaniyat tarixining ajralmas kismi bulib, u xalkning olis utmishidagi oliy maksadlarini urganishda yordam beradi. Zargar ustalar tomonidan yasalgan buyumlar, ular yashagan davr san’atining uslubiy xususiyatlarini uzlarida namoyon etadilar.

Uzbek xalk Amaliy san’atining xar bir turi kabi, zargarlik san’ati xam uziga xos xususiyatlariga ega. Chunki ular inson uchun fakt bezak buyumlari bulib kolmay, balki soglik uchun, inson ruxiyati uchun ijobiy ta’sir etgan. Zeb – ziynat buyumlari, xayotdagi ijtimoiy – iktisodiy urni xam, kam axamiyat kasb etmagan. Insonning jamiatdagi mavkeini xam kupincha uning kancha kimmatbaxo zeb – ziynatlari borligiga karab belgilaganlar. Takinchoklar kishilar yoshidagi farkni va oilaviy axvolni belgilashda xizmat kilib, ularning nasl – nasabidan nishona berib turuvchi xususiyatga ega bulgan. Nafosat borasidagi fazilatlar tugrisida suzlaydigan bulsak, u zargarlarning yurak kuri bilan yaratilgan mukammal asar bulib, u yoki bu davrda yashagan xalklarning badiy nafosat xakidagi tushunchalarni belgilab bergan. Demak, mazkur san’at orkali, biz odamlarning xam moddiy olami, xam nafosat olami, xam iloxiy kudrat xakidagi tasavvurlarining bir – biri bilan uzviy ravishda chirmashib ketganini kuramiz.



Uzbek zargarligi juda kadimiy tarixga ega. Unga ibtidoiy jamoa tuzumi davrida asos solingan. Arxeologik topilmalardan ma’lumki, zargarlik san’ati juda kadimiy xunar bulgan. Eramizgacha bulgan I asrdan boshlab eramizning V asrigacha kadimiy kal’alarning chiroyli xaykallar, devor bezaklari orkali zargarlik san’atini rivojlanganligini kurish mumkin. Xorazamdagi Tuprok kal’a devorlaridagi tasvirlardan usha davrlardagi ayollar kuloklariga nafis zirak takkanlari ma’lum. (3 asrga ta’lukli). Bundan tashkari bronzadan kuyib ishlangan osma takinchoklar xam topilgan.


  • Bu takinchoklar I – IV asrlarga mansub bulib Ayoz kal’a, Etti asar, Burgut kal’a va boshka joylardan topilgan. Uzbek zargarlik san’ati tarakkiyoti Osiyo va Shark mamlakat xalklarining siyosiy va etnik tarixi unga kushni mamlaktlar tarixi bilan chambarchas boglik. Xalklarning uz’aro tinch yul bilan bir – biriga yakinlashuvi madaniyatlarni boyitgan, ular bir – birlari bilan yakin kadrli bulgan narsalarni almashganlar, bora – bora bu xar bir xalkning maxalliy san’atiga singib ketib, uziga xoslik va mustaxkam an’ana kasb etgan.



  • Mel. av. I – III asrlar mobaynida xukm surgan Axmoniylar sulolasiga mansub Amudaryo xazinasidagi (Angliyada saklanayotgan) zargarlik buyumlari yukoridagi fikrimizni tasdiklaydi. Xayvon tasviri tushurilgan va feruza kuzlar kadalgan tilla bilak uzuklar yuksak maxorat bilan ishlangan asarlar xisoblanadi. Bunda biz kuch kuvvatga tula, pishkirib uzini kuyarga joy topolmay turgan chiroyli, kelishgan yirtkich kiyofasini yaratgan Saklarning «Yovoyi uslubi» izlarini kuzatishimiz mumkin. Kullariga gul va kush tutib turgan Anaxita tasviri tushurilgan dumalok satxli kuyma oltin uzuklarning shakli xam, katta kichikligi xam bir – biriga uta munosib ravishda ishlangan. Xazinada chikkan idishlarda tasvir etilgan zeb – ziynatlar urtasida turunj va shokilasi bor keng tilla xalkalar ancha oldin vujudga kelgan ayritom xaykalchalarida, Bolalik tepa va Afrosiyob davrigacha ishlangan rasmlarda tasvirlangan zeb – ziynatlarga juda uxshab ketadi.



  • Arxeologlar Bolalik tepa, Dalvirzin tepa, Afrosiyobdan topilgan zargarlik buyumlariga shunday deb boxo berishadi – ki, bu san’at asarlari kadimiy va urta asrga ta’lukli yodgorliklar avloddan avlodga utib kelgan boy madaniy merosdan, ulkan yutuklarimizdan darak beradi. Bu madaniy merosimiz uziga kushni bulgan xalklar san’ati bilan uz’aro xamkorlikda bir – birini uzluksiz boyitib kelgan.



  • IV – V asrlarda zargarlik buyumlari kam ishlangan bulsada ular tosh, shisha va suyaklardan ishlangan. Masalan, Xorazmda shishadan kilingan sher va kurbaka shaklidagi munchoklar topilgan. Bolalik tepadagi topilmada V asr oxiri VI asr boshlarida ishlangan devoriy rasmda ayol kishining kulogi va barmogida zargarlik takinchoklar tasvirlangan. X – XI asrlar urtasida bitta teshikli bulgan suyakli tugmachalar kup ishlangan.



  • IX asr va XIII asr boshlarida zargarlik san’atida islom ta’sirini xali xayvonotlar tasviri batamom tugab ulgurmagan «islimiy» girixli nakshlarning ortib borishida kurishimiz mumkin. Islom dinining ta’siri kancha kuchli bulmasin jonli maxlukot tasvirini tushurish uz urnini yukotmadi. Kolaversa, xalk san’atining zamirida shu kadar teranlik, erkin va xakkoniylik yotadiki, uni kandaydir diniy karashlarga butunlay buy sundirish aslo mumkin emas. Xayvon va kushlarni ifoda etish badiy uslubi uzgargan bulsada, ular «islimiy» nakshlar bilan birikib ketsada, xamon bu uslubning uzviy kismi bulib yashab kelar edi. Bu davr namunalari sifatida bizgacha tumorlar, kamar tukalari va boshka buyumlar etib kelgan bulib, ular brinjdan, misdan, kumushdan yasalgan. Kurinishlari esa xayvon, kush, balik, afsonaviy maxluk, ilon boshiga uxshab yasalgan bilak uzuklar shaklida bulgan. Bu buyumlarga xar xil balo kazo, ins – jinslardan asrovchi, yaxshilikga eltuvchi, savob keltiruvchi, baxt ikbol eshigini ochuvchi karomatlarga ega deb karalgan. Bu davrda xusnixat yozuvlarini nakshda foydalanish yangilik bulib, ular bilan turli xayvonlar sherlar tasvirini bezaganlar. Yozuvlar xam uziga xos yaxshilik ma’nosini anglatgan. Kuch kudrat, oliy ximmatli, boylik, osoyishtalik, baxt – saodat, xuzur xalovat, izzat – xurmat, tani soglik, mul – kulchilik va boshkalarni anglatgan. Aks ettirilgan tasvirlarning karomatligi bilan yozuvlarning mukaddasligi bir – birini inkor kilish u yokda tursin aksincha, turli diniy tasavvurlarning maxsuli bulishiga karamay, bir – ikkinchisini ma’no jixatidan tuldirib kuchaytiradi.


  • X – XII asrlarga ta’lukli zargarlik namunasi bulgan ilon shaklidagi burama kumush bilakuzuklarning shakli xam jonli maxlukot ramzi bilan boglikdir. Kadim zamonlardanok Shark va Osiyoda ilonga yaxshilik belgisi deb karashgan. U xonadon, oila, boylik, mol – xol, obi xayot, xazina, er osti ma’danlari, kon, kabr, mukaddas daraxtlar va boshka shunga uxshash narsalarning posboni xisoblangan. U yana xotin kiz va bolalarning xomiysi sifatida kadrlanadi, uning surati xoloskorlik ramzi bulgan.


  • XIII asrda Xorazmda uchlari yulbars boshiga uxshatib ishlangan bilakuzuklar ayollarning serfarzandligini bildirgan, bola – chakalarni turli ins – jinslardan asrovchi xomiy xisoblangan.


  • X asrda Abu Rayxon Beruniyning tojlar xakidagi suzlari dikkatga sazovor «Zodagon va oddiy kishilardan uzini yukori kursatish uchun toj va maxsus bosh kiymlari kila boshladilar».


  • Kulok, tish, tirnok tozalagich kabi turli pardoz – andoz buyumlari nakshlari bilan bezatilgan bulib, mitti kushchalar shaklida yasalgan. Bunday buyumlarni yasashda odamlar ularga kuprok oro berish vositasi deb karashi xisobga olingan. Natijada ba’diy ishlov berilgan pardoz buyumi zeb – ziynat buyumiga aylangan. Ular kuylakga tugnab kuyilib, doyim egasining yonida bulgan. Kadimda igna yasash ancha murakab ish bulib, uni juda extiyot kilib saklaganlar. Ignalar uchun maxsus igna xalta tayyorlangan. Bu xaltalar chiroyli kilib ishlangan bulib, kukrakga takinchok sifatida osib yurilgan va ignani olish ungay bulgan. Bu xam zeb – ziynat, xam ins – jinslardan saklovchi buyum vazifasini bajargan.


  • Goyat bejirim ishlangan nakshinkor, baland gardishlariga urnatilgan yirik feruza, kuzli uzuklar kishilar orasida aloxida kizikish uygotadi. Abu Rayxon Beruniyning yozishicha feruza galaba, baxt – saodat, tantana, omad, farovonlik sifatini bildiruvchi tosh bulgan.


  • Musulmonlarda feruza, marvarid, zumrad va boshka toshli zargarlik buyumlari nixoyatda kadrlangan. Ular inson uchun fakat bezak buyumlari bulib kolmay, balki soglik uchun ijobiy ta’sir etgan: marvarid, inson organizmini mustaxkamlaydi, yurakdagi tushkunlik va istirobni xaydaydi, kuz kobiliyatini oshiradi, jinslardan saklaydi, ogizdagi kulansa xidlarni yukotadi, oshkozondagi toshlarni maydalaydi.


  • Sadaf, Sharkda xam Evropada xam yukori baxolangan. Undan tognagich, baldok, marjonlar, ilma tugmalar yasalgan. Uni kadimda oshiklar maxbusiga sovga kilgan. U takkan kishini ajin xamda sepkillardan asragan, zexinni ravshan kilgan, kishini bardam, ruxiyatini kutargan.


  • Yokut, vaboni daf kiladi degan akida xam bulgan. Undan oybaldok kurinishidagi isirga va boshka takinchoklar yasalgan. Rangli toshlardan egasining ismi sharifi bitib yozilgan muxr uzuklar maxsus tayyorlanar edi. Rivoyatlarda aytilishicha, Muxammad paygambarning uzukiga «Bari utadi» degan yozuv nakshlangan ekan. Zangori rangli shisha munchoklar, kambagallar uchun feruza urnini bosib, takinchok sifatida foydalanilgan. Xar xil tuzulishdagi shisha munchoklar kishida kizikish uygotadi. Shisha korishmasidan tayyorlangan munchoklar zargar ustalar tomonidan ajoyib moxirona tayyorlangan. Unda tayyorlangan bu takinchoklar yaltirok kurinishga ega bulib, badiy jozibasi juda baland bulgan.


  • XIV – XV asrlarda zargarlik san’ati xakidagi ma’lumotlar bizgacha goyat kam etib kelgan. Ustalar yasagan buyumlar esa kariyib saklanmagan. Bu davrlarda ishlangan bezaklar fakat devoriy rasmlar orkali miniatyura va adabiy manbalardagina bilamiz. Xukmdor va saroy ayollar boshlarida dabdabali sulton (jiga) takib yurganlar. Xokimiyat boshlikining ramzi toj bulib, u xudi taxt singari, avloddan – avlodga meros koldirganlar. XV asr boshida boy ayollarning bosh kiyimi xakida, Ispaniyadan kelgan elchi Ryui Gonzales de Klavixo batafsil tuxtaladi: «Ayollar boshidagi kizil kiyim xuddi dubulgaga uxshaydi, bu dubulga juda baland bulib, unda durlar, yokud va feruzalar, yana turli tuman toshlar kuzga tashlanadi. Undan yukorirokda tilladan kilingan chambar xam bor, unga xam tosh va durlar kadab zeb berilgan edi. Dubulganing ustida kushksimon soyabon bulib, unga xar biri ikki enlik keladigan uchta yokut kadab kuyilgan, tepada ok sulton bulib, undan bir – biriga zar ip bilan boglab kuyilgan uchlarida tosh va durlar yarkirab turgan kush patlari kuzgacha osilib turgani»ni eslaydi.


  • Mazkur bosh kiyim bir oz uzgargan xolda XIX asrgacha iste’molda bulgan. XVII asrlarga kelib zargarlik buyumlarining naksh bezagi judayam murakkablashib bordi. Bu davrda Urta Osiyodagi uzaro ichki kelishmovchiliklar ziddiyatlar madaniyatga, shu jumladan zargarlik san’atining rivojlanishiga salbiy ta’sir etdi. Keyinchalik xonliklar paydo bulishi bilan xayot turmush tarzi uz iziga tusha boshladi. Bu davrlarga kelib mugil boskinchilardan sung birinchi marta oltin tangalar ishlatila boshlandi. Zargarlik buyumlari oltin kumush va boshka rangli metallardan ishlandi. Kurol aslaxalar ajoyib kimmatbaxo toshlar bilan bezatildi. XIX asr va XX asr boshlarida Urta Osiy xonliklari urtasida badiy xunarmandchilik rivojlandi, shular katori zargarlik san’ati xam tez sur’atlar bilan rivojlandi.


  • Xiva, Buxoro, Samarkand, Kukond shaxarlari XIX asr zargarlik san’atining eng yirik markazlari xisoblangan. Bu shaxarlarda zargarlar maxala – maxalla bulib yashaganlar. Tarixiy manbalarga karaganda Xivada 1860 yilda 12ta va XX asrning boshida 60ta zargarlik dukonlari faoliyat kursatgan.


  • Xar bir zargarlik markazi uzining shakl va bezaklari bilan ajralib turuvchi, usha joy uchun xos bulgan umumiy xususiyatlarga ega zeb – ziynat buyumlarni ishlab chikargan. Boshka xunarmandchilik singari zargarlar xam oksokol, «kalantar» tomonidan nazorat kilingan. Zargarlik kasbi ugilga me’ros bulgan, ota kasbidan yuz ugirish ugil uchun kurnamaklik, shakkoklik sanalgan. Zargarlarga kupincha ularning xotinlari va kizlari kumaklashgan. Ba’zi ustalar turli xil ziynat buyumlari yasaganlar, ba’zilari fakat bir xildagi ziynat buyumlarini yasashga urganganlar.


  • XIX – XX asrlarda tilla, kumush, brinj, mis, kimmatbaxo toshlar, shishadan zeb – ziynat buyumlari yasalgan. Tilla asosan buyumlarga tilla suvi yuritishda foydalanilgan XX asr boshiga kelib tillani uzidan zargarlik buyumlari yasash kupaydi. Bu xol tashki dabdabadozlikga uch bulgan saroy axlining talablari natijasida yuzaga keldi. La’al, yokut va uning turlari, zumrad, xaridorgir toshlar bulgan. Tosh va ma’danlarga tilsim, mukaddas va sexr jodu deb karash bu davrda xam saklanib kolgan. Ular shifobaxsh va xoloskorlik kudratiga ega, inson takdirini uzgartira oladi, tabiyatga xam tasir kilib, yomgir yogdirar va ekinlarni kurgokchilikdan asrab koladi, baxt saodat, boylik va omad keltiradi degan tasavvurlar, xoloskorlik, ximoya xususiyatlari deyarli barcha zeb – ziynat buyumlarida saklanib kolgan.


  • Zeb – ziynat buyumlarini tayyorlashda zargarlar an’anaviy ishlarni bajarganlar. Naksh va gullarning jozibador chikishi uchun ustalar barcha jarayonni bir – bir bosib utganlar: madanni kuyish, toblash, kandakorlik, naksh tushurish, koralash, oklash, toshlarni kadab chikish, ingichka simlardan nafis turlar yasash, kadama nakshlar yasash, tilla suvi yugurtirish shu boskichlardan utgandan keyin tayyorlangan nafis buyum, shu kadar ma’nodor jilvanadiki, guyo uning bir jozibasiga un joziba kushib yuborganday buladi.


  • XIX – XX asr zargarlik zeb – ziynatlar shakli va bezaklari uchun bir – biriga sira uxshamagan uslublar: islimiy, girix, samoviy va maxlukot asos kilib olingan. Davrlar uzgarishi mobaynida kishilarning tasavvuridagi nakkoshlik turlari xam uzgarib bordi, kuxna san’at izlarini saklab kolgan xolda, yangi zamon san’ati shakllandi. Zargar ustalar zargarlikning eng yaxshi kadimiy an’analari va boy tajribalari samarali foydalanib, keyingi davr avlod didiga mos, nafis zargarlik buyumlarini kuplab ishlab chikarishdi.


  • Mazkur zargarlik buyumlari korachadan kelgan, kora kuz, kora kosh, kora soch, ochik va extirosli, rang barang liboslarga burkalgan ayollarga muljallangan. Bosh, peshona, chakka, engsa, soch, kulok, buyin, kukrak, kultik, bel, kul, oyok va burunga muljallangan zeb ziynat buyumlari birgalikda ularning xammasi badiy ramziylik ma’nosini ochib beruvchi yaxlit ansamblni tashkil etadi. Bularning xammasi kelin kuyovlar libosini tuldirib, xonadonda tuy, bayram va boshka marosimlarda takaladi.


  • Bu zeb – ziynat buyumlarning juda kupchilik shakl va bezaklarning tub negizi ancha oldingi asrlarda yaratilgan asarlarga borib takaladi.


  • Zargarlik buyumlarning cheksiz xilma – xilligi kishini xayratda koldiradi. Bunchalik kup shakl va kiyofalarning kelib chikishiga inson dunyoga kelgan paytdan tirikchiligi uchun zarur bulgan oddiy mayda chuda ashyolar shunday kiyofalarni kelib chikishiga asos bulgan degan fikr tugiladi.


  • Zargarlik buyumlari turli tuman bulib ular uziga xos nomlanadi. Boshga taxyaduzi, tumor, peshonaga tangaduzi, kulokka zirak, chakkaga bodomoy, kukrakga tumor, shavkala, sochpopuk, gajak, butun tirnok, yarim tirnok, kush duo, burunga aravak, buyinga buyin tumor, belga kamar, peshxalta, kalitbogi, kulga bilauzuk, barmok bezaklari va boshkalar bor.


  • Zargarlik zeb – ziynatlar bilan bezatilgan bosh kiyimi tuy liboslari ichida eng asosiy xisoblangan va u onadan kiziga meros kilib berilgan. Xorazm Amaliy san’at bulimidagi zargarlik ekspozitsiyasidagi KP№ 1142 taxyaduzi namoishda turibdi (bu bosh kiymiga takib kuyilgan bezak). Boshka zargarlik buyumlarida bulgani singari taxyaduzida xam turli rangdagi tosh va shishalar ishlatiladi. Bu borada bir Xivalik zargar kuyidagilarni aytgan edi: «Oldingilar ziynat uchun bitta rangdagi toshlar kuyilsa chiroyli kurinadi der edilar. Birok yomon kuzdan saklanish uchun bir necha rangdagi toshlar bulmasa bulmaydi deb oldingi fikrlardan kaytganlar». Zargarlik san’atidagi kup ranglikga bulgan «Ixlos»ning sabablaridan biri rivoyat orkali anashunday izoxlanadi. (Davomi bor).


  • A.Ibragimov. Xiva "Ichon-Kal’a" muzey kurikxonasi ilmiy xolimi.



Download 23.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling