Dunyoda nima kuchli: she’rlar / Quddus Muhammadiy


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1648333
  1   2   3   4
Bog'liq
xrpt ehurf6zp7ph0lbu2k8rel3b6247r14p6aalg7ax3r5247lugiblv4mrugmb8fr3gremnf0fx58p



TOSHKENT
2017


UO‘K: 821.512.133-1
KBK: 84(5O‘)6
M – 96
Muhammadiy,Quddus 
Dunyoda nima kuchli: she’rlar / Quddus Muhammadiy. – 
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – 128 b.
ISBN 978-9943-27-975-9
Aziz o‘quvchilar! Quddus Muhammadiy she’rlarini ota-onan-
giz, ayrimlaringizning bobo-buvilaringiz sevib o‘qishgan, yod 
olishgan. Ushbu kitobdagi she’rlar sodda, ravon, tushunarli va eng 
asosiysi bolalar qiziquvchanligi, topqirligi, sho‘x-shodon dunyosini 
aks ettirishi bilan ham sizga yaqin. Ayniqsa, shoir tabiatdagi 
g‘aroyibotlar, hayvonot dunyosining sehrli sir-sinoatlari bilan 
bolalarni tanishtirish orqali ham ularni odobli, bilimli, rostgo‘y, 
intiluvchan bo‘lishga chorlaydi.
Shuningdek, juda ko‘p o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizga 
ushbu kitobni o‘qib javob topasiz. 
UO‘K: 821.512.133-1
KBK: 84(5O‘)6
ISBN 978-9943-27-975-9
© Quddus Muhammadiy, «Dunyoda nima kuchli». «Yangi asr 
avlodi», 2017.


BOLADЕK BЕG‘UBOR ADIB
O‘zbek bolalar she’riyatining taniqli siymolaridan biri Qud-
dus Muhammadiy 1907-yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. 
Bo‘lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbe-
kov savodli kishi edi. U dastlabki ma’lumotni o‘z otasidan ola-
di. 1925-yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy av-
val amakisi хonadonida, so‘ngra esa maktab-internatda tahsil 
oladi. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Tosh-
kent qishloq хo‘jalik bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Shu davrdan 
boshlab u bolalar uchun she'rlar yoza boshlaydi. Bolalar uyi 
va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlar-
ning g‘amхo‘rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o‘chmas 
iz qoldirdi. 
Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, G‘.G‘ulomlarni 
o‘ziga ustoz deb bilgan, ulardan o‘rgangan, doimo ijodiy mu-
loqotda bo‘lgan ijodkordir. Ilk she’rlaridan biri «Tong o‘yini» 
orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste’dod-
li bolalar shoirini qo‘llab-quvvatlab, ijodiga g‘amхo‘rlik qilib 
turgan. Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo‘ladi. 
Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she’r o‘qish 
navbatini Q.Muhammadiyga beradi. Q. Muhammadiy zavq bi-
lan «Sava sayrarkan» she’rini o‘qiydi. Uning ijodiy qobiliyatini 
payqagan H. Olimjon she’r tugashi bilan uni yoniga chaqirti-
radi. Qachondan beri she’r yozishini, qayerda ishlashini su-
rishtirib, she’ri ma’qul tushganini aytadi. So‘ng bolalar uchun 
she’rlar ning kamligi haqida to‘хtalib, mana shunday ajoyib 
she’rlarni ko‘proq yozishni ta’kidlaydi. 
Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 1946-yilda «O‘quvchi-
ga esdalik» nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 
60 dan ziyodroq turli nomdagi kitoblari chop etiladi. Quddus 
Muhammadiy har bir she’rini bolalarning kundalik хayotidan 
olib yozadi. Uning she’rlari kichkintoylarni hunar o‘rganishga, 


odobli bo‘lishga, mehnatga chaqiradi, qiziqtiradi, yordam be-
radi. Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o‘quvchilarni sami-
miy sevadi, o‘z she’rlarida bunday bolalarni maqtaydi. «A’lochi 
Sodiq», «Sinov», «Mening orzuyim», «Bizning uyda», «Yasha, 
Omon», «Besh», «Solijonning darsхonasi» va boshqa she’rlari 
a’lochi o‘quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy 
ahamiyat kasb etadi. 
Quddus Muhammadiy ijodining yana bir muhim qirrasi 
hajv va yengil kulgi bilan bog‘liq. «Nomsiz erkatoylar haqida», 
«Dum», «Ahmadjonga uyat», «Lapashang», «Ravshanjonning 
qo‘li tilga kirdi» kabi ko‘plab she'rlarida bolalar fe’lidagi yomon 
odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Tabiat go‘zalliklariga ulkan mu-
habbat shoirga hamisha hamrohdir. U maktabda muallimlik 
qilib yurgan paytida «Bargjon», «Momaqaymoq», «Qoqi o‘t», 
«Bog‘imizda bir nok bor», «Tut», «Tolim gulladi-yu nega meva 
tugmadi?», «Tok daraхti bir хil-u, uzumi nega har хil?», «Shafto-
li doktor»,»Asalari va Ahmadjon» kabi she’rlarini yozdi. 
Shoir 1977-yili «O‘zbekiston хalq shoiri» unvoni bilan 
taqdirlandi. 
Quddus Muhammadiy faqat bolalar shoirigina emas, mohir 
tarjimon sifatida ham mashhurdir. U S.Marshak, S.Miхalkov, 
K.Chukovskiy, A.Barto va boshqa chet el yozuv chilarining 
asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
Bolalarning buyuk va kamtarin shoiri Quddus Muhammadiy 
1997-yil 90 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling