Dunyoda va O'zbekiston Respublikasi suvni ishlatish xajmi. Reja


Download 61.79 Kb.
bet2/4
Sana13.11.2023
Hajmi61.79 Kb.
#1770084
1   2   3   4
Bog'liq
1 Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati Suv resurslari

Gidrosferaning qismlari



Chuchuk suvning hajmi (km.kub)

Chuchuk suvning umumiy hajmiga nisbati, (%)

Muzlilar

24 000 000

85

Yr osti suvlari

4 000 000

14

Ko`llar va suv omborlari

155 000

0,6

Tuproqdagi namlik

83 000

0,3

Atmosferadagi suv bug`lari

14 000

0,05

Daryo suvlari

1200

0,04

Jami:

28 253 200

100,0

Jadvaldagi ma'lumotlardan ko`rinishcha chuchuk suvning katta zahirasi tabiiy muzliklarda to`plangan. Bu suv zahiralaridan ham amalda kam foydaniladi. Keyingi paytlarda suv tanqis bo`lgan hududlarga yirik muz bo`laklarini ko`chirib kelish fikrlari paydo bo`lmoqda. Masalan, kattaligi 1 x 0,5 km. bo`lgan muz bo`lagini Antarktidadan Yaqin Sharqning qurg`ochil sohillariga okean orqali sudrab kelish ko`zda tutilmoqda. Lekin bu hozircha faqat kelajak rejasi sifatida qolmoqda. Bu ish amalga oshgan taqdirda ham u bu yerlardagi suv tanqisligini uzil-kesil hal qilmaydi.


Yer osti suv zahiralari ham talaygina – 23,4 mln km.kub. Lekin ularning foydalanish mumkin bo`lgan qismi bor-yo`g`i 4 mln. km. kub bo`lib, ulardan ham amalda kam foydalaniladi.
Inson uchun kundalik hayotda bevosita foydalaniladigan chuchuk suv - bu daryo suvlari bo`lib, ularning zahirasi juda kam - bor-yo`g`i 1200 km.kub. yoki chuchuk suv zahirasining 0,04% ni tashkil qiladi. Buning ustiga mavjud daryolar qit'alar bo`ylab notekis joylashgan: dunyo aholisining 70% yashaydigan Yevropa va Osiyo qit'alarida jami daryo suvining 39% joylashgan, xolos.
Daryo suvlari miqdori Hamdo`stlik mamlakatlari hududlarida, shu jumladan alohida olingan bir mamlakat hududida ham turlicha joylashgan. Ulardagi jami suv 4350 km.kub bo`lib, bu dunyo miqyosidagi daryo suvlari miqdorining 14% ni tashkil qiladi. Bu suvning 82% jami aholining 20% joylashgan Shimoliy muz okeani va Tinch okeani havzalarida, qolgan 18% aholi nisbatan zich joylashgan Qora dengiz, Boltiq dengizi, Kaspiy va Orol dengizlari havzasida joylashgan. Markaziy Osiyo respublikalari, ayniqsa O`zbekiston, Turkmaniston va Qozog`iston hududlari ham kamsuv rayonlar qatoriga kiradi. O`zbekiston respublikasi hududida vujudga keladigan daryo suvlari atigi 10 km.kub bo`lib, bu Hamdo`stlik mamlakatlari jami daryo suvlarining 0,23%ni tashkil qiladi. Bu va bunga o`xshagan ma'lumotlar qurg`oqchil hududlarda suvni iflosmaslik, undan tejamkorlik bilan foydalanishni taqozo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti tasarrufidagi “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” davlat muassasasi rahbari Qodirjon Mingboyev bilan O‘zbekistondagi yer osti suvlari tarixi, quduqlar va iste’mol madaniyati haqida suhbatlashdik.
O‘zbekiston hududida bundan 1 ming 500 yil oldin ilk suv quduqlari qazilgan. Ulardan biri hozirgi davrda ham mavjud, – deydi Qodirjon Mingboyev. – Bu qazilishi V asrlarga to‘g‘ri keladigan Xiva shahridagi Ichan qal’aning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Xeyvak suv qudug‘idir.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qadimda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li o‘tgani sababli suv quduqlari asosan Farg‘ona vodiysi, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida ommalashgan bo‘lib, ular ko‘p hollarda qo‘lda kavlangan. Ularning chuqurligi turlicha bo‘lib, bir necha metrdan 200 metrgacha bo‘lgan. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan Xiva shahridagi mashhur Xeyvak suv qudug‘ining chuqurligi 10 metrni, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Pomuq shaharchasidagi suv qudug‘ining chuqurligi 97 metrni tashkil etgan.
Respublika hududida 97 ta yer osti suv konlari aniqlangan bo‘lib, ular bo‘yicha baholangan suv zaxiralarining umumiy hajmi 17,5 mln m3/sutni tashkil etadi, jumladan 14,7 mln m3/sut (84,7%) xo‘jalik ichimlik suvlaridir.
Bugungi kunda yer osti suvlari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida keng foydalanilayotgan bo‘lib, jami 18,9 mln m3/sut miqdorida olinmoqda va bu asosan chuchuk suvlarga to‘g‘ri kelmoqda. Shundan, Farg‘ona viloyatida 5 mln m3/sut (jami olinayotgan suvning 29,1 foizi), Namanganda 2,3 mln m3/sut (13,2 foiz), Qashqadaryoda 1,9 mln m3/sut (10,9 foiz), Samarqandda 2 mln m3/sut (11,5 foiz), Toshkentda 1,8 mln m3/sut (10,3 foiz) miqdorlarda va birinchi navbatda ichimlik hamda yerlarni sug‘orish maqsadlarida foydalanilmoqda.
Haqiqatda olinayotgan yer osti suvlari miqdori ko‘rsatilganga nisbatan birmuncha ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Buni hozircha aniqlashning imkoni bo‘lmayapti. Chunki, suvdan foydalanuvchilar tomonidan qazilgan quduqlar (qisman) va olinayotgan suvlar haqidagi ma’lumotlar (80 foizga) tegishli manzillarga taqdim etilmayapti.


Download 61.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling