Dunyoning global muammolari
Kosmosning tinch maqsadda o'zlashtirish
Download 125 Kb.
|
Dunyoning global muammolari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligiga barham berish muammosi.
Kosmosning tinch maqsadda o'zlashtirish.
Kosmos-dunyo miqiyosidagi muhit, insoniyatning umumiy mulki (boyligi) hisoblanadi. Kosmik dasturlar ancha murakkablashgan hozirgi vaqtda bu dasturlarni bajarish ko'plab mamlakatlar va xalqlarning texnikaviy, iqtisodiy, aqliy imkoniyatlarini jipslashtirishni talab etadi. Shu sababli kosmosni o'zlashtirish eng muhim xalqaro, global muammolardan biri bo'lib qoldi. Harbiy dasturlardan voz kechishni ko'zda tutuvchi kosmosni tinch maqsadlarda o'zlashtirish dasturi, eng yangi fan va texnika, ishlab chiqarish hamda boshqaruv yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligiga barham berish muammosi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik global muammolarning og'irlik markazi tabora rivojlanayotgan mamlakatlarga siljimoqda. Ularning qoloqlik ko'lami nihoyatda kattadir. Bu qoloqlikning asosiy ko'rinishi va ayni vaqtda sababi-kambag'allik, qashshoqlikdir. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholining 40%i mutloq qashshoq sharoitda yashaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat muammosi eng dramatik hatto fojiali xususiyatga egadir. Ocharchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy qoloqligi va kambag'allik mahsulidir. Bugungi kunda «ocharchilik» geografiyasini avvalo, Afrika va Osiyoning eng qoloq «yashil inqilob» chetlab o'tgan mamlakatalari belgilaydi; bu mamlakatlarda aholining kattagina qismi aynan ochlikdan o'lim chegarasida yashaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat muammosi bilan demografik muammo chambarchas bog'liqdir. Demografik muammo bir tomondan yangi kuchlarning kirib kelishini, mehnat resurslarining o'sishini ta'minlasa, boshqa tomondan, iqtisodiy qoloqlikni yengishda qo'shimcha qiyinchiliklar to'g'diradi, ko'plab sosial masalalarning yechimini mushkullashtiradi, ular erishgan yutuqlarning katta qismini yo'qqa chiqaradi, huddudga bo'lgan «tazyiq»ni kuchaytiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning nochor ahvoli eng katta umuminsoniy, umumjahoniy muammo bo'lib qoldi. Bu muammoni hal qilishning bosh yo'llari mazkur mamlakatlar hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida tub sosial-iqtisodiy o'zgarishlar o'tkazish, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va demilitarizasiyani amalga oshirishdan iboratdir. Download 125 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling