Dunyoning global muammolari


Download 48.5 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi48.5 Kb.
#1013587
1   2   3   4
Bog'liq
referat - Dunyoning global muammolari

Demografiya muammosi-«asr muammolari»dan biri. Bu muammoning o'zaro ziddiyatli ikki jihati bor.
Birinchidan, mavjud demografik krizis tashvishga solmasligi mumkin emas. Chunki u hozirning o'zida bir qator mamlakatlarda aholi ko'payishi muvozanatining buzilishiga, uning tez qarib qolishi va sonining kamayib ketishiga olib keladi. Demograf (aholishunos)lar bu jarayonni depopulyasiya deb ataydilar.
Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ko'pchilik mamlakatlarida aholining hamon tez o'sishi tashvish tug'dirmoqda. Buning ustiga aholi tarkibida yoshlarning ulushining juda katta ekanligi sharoitida tabiiy o'sish sur'atlarining tezda pasayishini kutish qiyin. Shunga qaramay, demograf olimlarning qayd qilishicha 60-yillarga to'g'ri kelgan demografik portlash cho'qqisi endi ortda qoldi. Aholi ko'payishining ikkinchi tipiga kiruvchi barcha regionlarda (Afrika bundan mustasno) aholi tug'ilishi va o'sishining kamayishi boshlandi.
Demografik muammoni hal qilish uchun BMT «Aholining tarqalishiga doir butun jahon harakat dasturi»ni qabul qildi. Uni amalga oshirishda birgina demografik siyosatining o'zi yetarli emas. Bu siyosat odamlar hayotining iqtisodiy va sosial sharoitlarini yaxshilash bilan uyg'unlikda olib borilishi lozim.
Energetika va xom-ashyo muammolari.
Bular avvalo insoniyatni yoqilg'i va xom-ashyo bilan mustahkam ta'minlash muammolaridir. Insoniyatni resurslar bilan ta'minlash muammosi birmuncha keskinlashgan vaqtlar ilgari ham bo'lgan. Biroq bu muammo odatda tabiiy resurslari yetishmaydigan ayrim rayon va mamlakatlarga tegishli bo'lardi. U dunyo miqiyosida aftidan 70-yillarda birinchi marta namoyon bo'ldi va uning bir qancha sabablari bor edi. Ulardan biri-neft, tabiiy gaz va boshqa xil yoqilg'i hamda xom-ashyo turlari aniqlangan zahiralarning kamligi, tog'-kon ishlari sharoitning yomonlashuvi, qazib olish rayonlari bilan iste'mol rayonlari o'rtasidagi hududiy uzunlikning ortishi, kon qazish ishlarining tabiiy sharoiti nihoyatda og'ir bo'lgan yangi rayonlarga siljishi va shu kabilardir. Binobarin bizning davrimizda mineral resurslardan foydalanish va ularni qayta ishlab chiqarishi ilgarigidan ancha rasional (oqilona) olib borilishi shart.

Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling