Dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasining tahlilida falsafiy tafakkur


Download 106.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1542040
  1   2   3   4
Bog'liq
oybekfalsafa2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI.


Abdullayev Oybekning
Falsafa fanidan
Mustaqil ishi

TOSHKENT 2023.

DUNYONING HOZIRGI ZAMON ILMIY MANZARASINING TAHLILIDA FALSAFIY TAFAKKUR
Reja:

  1. Hozirgi zamon falsafasi: vorislik va yangilanish.

  2. XX asr falsafasining asosiy oqim va yo’nalishlari.

  3. XX asr falsafasida inson va jamiyat muammolari.

  4. Hozirgi zamon falsafasini o’rganishning ahamiyati.

Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o’z davrining dolzarb muammolarini hal etish yo’llarini topishga harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og’ir yo’qotishlar davri ham bo’ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o’z aksini topdi, uning turli yo’nalish va oqimlari shug’ullangan muammolarning salmog’i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma — xil oqim va yo’nalishlar mavjud.


O’z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo’lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg’unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutlaqlashtirmaslikdir. Bag’rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi. An’anaviy falsafada, turli g’oyaviy tizimlarga bo’linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko’p xilligi va o’ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo’nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi.

Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling