Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Bilishning yana bir darajasi intuitiv bilish (qalban bilish, g’oyibona bilish)dir


Download 203.15 Kb.
bet13/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

Bilishning yana bir darajasi intuitiv bilish (qalban bilish, g’oyibona bilish)dir. O’zining butun borlig’ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag’ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g’oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog’liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o’rin egallab keldi. Har bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.
Intuitiv bilish esa, odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida muayyan tasavvurlar va bilimlarga ega bo’lgan, uning fikri ma’lum muammo yoki masalani yechishga yo’naltirilgan, shu asosda o’z fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ro’y beradi. Intuitiv bilish ham inson bilish jarayonining muhim jihatini tashkil qiladi va uning borliqni bilishida muhim rol uynaydi. Intuitiv bilish, hissiy va mantiqiy bilishlardan farq qilib, u o’z tabiatiga ko’ra, hyech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvur yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug’ilishidir.
Ba’zilar esa, intuitiv bilishni odatda faqat ijodiy jarayonga, ya’ni ilmiy kashfiyotlar, ilmiy ixtirolarga va badiiy ijod jarayoniga xos, degan qarashlarni ilgari surishdilar. Ularning nuqtai nazaricha, intuitiv bilish - bu ijodiy jarayonda fikrning rivojlanishida eski fikrdan yangi fikrga o’tish, ya’ni sakrashdan iboratdir. Boshqa bir guruh tadqiqotchilarning fikri-cha, intuitiv bilish - bu badiiy ijod bilan bog’liq yangi g’oyaning tug’ilishidir, degan fikrlarni bildirishadi. Haqiqatan ham, intuitiv bilish insonning ijodiy faoliyati bilan bog’liq bo’lib, bunda tadqiqotchi yoki ijodkorning butun fikri-zikri biron narsa bilan qattiq band bo’lgan paytda, uning miyasiga hyech kutilmaganda biror yangi fikr, yangi g’oya birdan, to’satdan kelib qolishi mumkin.
Haqiqat, bu – bizning dunyo to’g’risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning o’ziga, obyektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o’zining mazmuniga ko’ra mutlaq va nisbiy bo’lishi mumkin.Haqiqatni ikkiga ajratish mumkin. Birinchisi nisbiy, ikkinchisi mutloq haqiqat. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bo’lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi.

Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling