Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funktsiyalari


Bular umumiy tartibda insonning shaxsiy rivojlanishida, jamiyatning rivojlanishida va o'zini o'zlashtirishida katta ahamiyatga ega bo'lgan mafhumlar hisoblanadi


Download 0.76 Mb.
bet4/4
Sana03.12.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1800790
1   2   3   4
Bog'liq
aziza

Bular umumiy tartibda insonning shaxsiy rivojlanishida, jamiyatning rivojlanishida va o'zini o'zlashtirishida katta ahamiyatga ega bo'lgan mafhumlar hisoblanadi.
O’zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.
Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan mustaqil yo’nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo’lsak, insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borlig’ining mohiyati nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechog’lik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo’nalishlari mavjudligini ko’ramiz. Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog’liqlik, o’zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo’lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko’ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo’lib, ular to’g’risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» bo’limlarida maxsus to’xtalib o’tamiz. Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z-o’zicha shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon bo’ladi: - turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; - muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda; - milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan. Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham bor:
Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funktsiyalari). Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. Ya’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko’zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o’z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o’zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar
1. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2020. - 352 b.
2. «Falsafa» o’quv qo’llanmasi. — T.: «Sharq», 2019.
3. «Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston"2016
  • https://fayllar.org/download/mavzu-dunyoqarashning-mohiyati-tuzilishi-va-asosiy-funksiyalar.doc
  • https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekiston-respublikasida-axborot-xavfsizligini-ta-minlovchi-huquqiy-hujjatlar-va-ularning-tahlili
  • https://www.google.com/search?q=Xavfsizlikni+ta%27minlash:&sca_esv=584316335&tbm=isch&sxsrf=AM9HkKmWT7ACAqC4FipLTSmXKFkcA86zxg:1700584634759&source=lnms&sa=X&ved=2ahUKEwjMvsK4w9WCAxXTJhAIHeMDC9MQ_AUoAnoECAMQBA&biw=1242&bih=592&dpr=1.1

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling