Dunyoviylik Dahriylik tushunchasi ta’rifi Fan va din munosabatlari


Download 22.95 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1406867
  1   2
Bog'liq
Dunyoviylik dahriylik emas


Dunyoviylik dahriylik emas
Reja:

  1. Dunyoviylik

  2. Dahriylik tushunchasi ta’rifi

  3. Fan va din munosabatlari

Hayot yaralibdiki , hali hech qachon rivojlanishdan to’xtagani yo’q va to’xtamasa ham kerak. Bugungi kunda ilm-fan , texnologiya , madaniyat , san’at , ijtimoiy munosabatlar va boshqa turli sohalar yuksak cho’qqilarni zabt etmoqda. Zamon bilan hamnafas yurgan odamlarning ham dunyoqarashlari , yurish-turishlari , o’y-fikrlari o’zgarib bormoqda. Turli millat va xalqlar o’zaro aloqalar bog’lab , hamjihatlikda ish yuritmoqdalar. Shuning uchun ham yangidan-yangi bilimlar , ixtirolar paydo bo’lmoqda. Bugungi kun talabiga binaoan , inson izlanishdan to’xtagan zahoti davrdan ortda qoladi. Hozirda dunyoning barcha mamlakatlarida dunyoviy bilimlarni egallash majburiy hisoblanadi. Maktablarda matematika , fizika , kimyo , biologiya va chet tili darslari chuqurlashtirib o’tiladi. Aynan shu bilimlarni egallashni biz dunyoviylik deb ataymiz.
Dunyoviylik bu din va jamiyatni ham ajratib , ham bog’lab turgan ko’prikdir. U davlatni din ta’siridan , dinni davlat ta’siridan saqlaydi. Unga ko’ra din har bir insonning shaxsiy masalasi bo’lmog’i lozim. Dunyoviylik ustuvor bo’lgan davlatlar separativ davlatlar deyiladi.
Dunyoviylik so’ziga sinonim qilib sekularizmni olishimiz mumkin. Sekularizm so'zi o'zbek tilida kamdan-kam ishlatiladi , uning o'rniga ruschadan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilingan dunyoviylik so'zi qo'lllanad , biroq ushbu termin sekularizmni to'liq ifodalamaydi va u Sovet Ittifoqi davrida so'ngra esa mustaqillik yillarida siyosiy qurol sifatida ishlatilgani bois, o'z mohiyatini yo'qotgan. Sekularizm – davlat , siyosat va ta’lim dindan ajratilishi, hech bir din yoki dinsizlikka rasman imtiyoz berilmasligi , davlatning diniy masalalarda betaraf bo'lishi (davlat va jamiyat havfsizligini ta'minlash zarurati tug'ilmasa), din va diniy guruhlarning davlat siyosatini belgilamasligini ta'kidlaydi.
Ba’zilar dunyoviylik yoki sekularizmni dahriylik bilan adashtirishadi. Dahriylik bu Allohga ishonmaslik , shakkoklik , xudosizlik. Bu islom paydo bo’lmasdan arablar jamiyatida keng tarqalgan aqida. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar o’limdan keyingi hayotga ishonmaganlar. Ularning fikricha , oʻlimdan soʻng hamma narsa tugaydi , shuning uchun bugungi kun bilan yashab qolish kerak. Keyinchalik , islom adabiyotida "dahriy" soʻzi "moʼmin" soʻzining aksi sifatida ishlatila boshlandi. Sho’rolar davrida dahriy va ateist so’zlari sinonim sifatida ishlatilgan.
Ateizm xudoning mavjudligiga ishonchning yoʻqligidir. Oʻzini ateist , deb nomlagan shaxslarning ko’pchiligi g’ayritabiiy hodisalarga skeptik yondoshib , xudolarning borligiga empirik dalillar emasligini urg’ulashadi.
Dunyoviylik deyilganda diniy ateisitik dunyoqarash emas , mutaassibona dindorlik emas , balki sof diniy e’tiqod va moddiy olamning ob’ektiv qonunlarini anglab yetish , har ikki tarafga ilm nuqtai nazaridan qarash tushuniladi. Chunki , diniylikni ham , ateistik qarashlarni ham ob’ektiv ijtimoiy hodisa sifatida e’tirof etiladi. Umuman olganda , dunyoviylik din bilan chambarchas bog’liq. Buni fan va din munosabatlarida ko’rishimiz mumkin.
Fan va din har doim o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lib kelgan. Tarixda ularning munosabati turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Qadimgi Yunonisda Aristotel , Suqrot , Aflotun , Arastu uchun fan va din deyarli bir soha — falsafa bo‘lgan “Fizika” va “Metafizika” qismlariga bo‘lingan. Keyinroq matematika , astronomiya va tibbiyot rivojlana boshlaganda ham fan va din o‘zaro uyg‘unligini saqlagan. Xuddi shunday munosabat Konfutsiy , Forobiy , Ibn Sino , Alisher Navoiy va boshqa Sharq mutafakkirlari faoliyatida ham kuzatiladi.
Biroq fan va din bu yaqin munosabatlari buzilib , hottoki hozirgi kunda ham ta’siri seziladigan tarixiy voqealarni keltirib chiqardi. Yevropa Sharqdan falsafa va tabiiy fanlar estafetasini olib , XVI asrdan jadal rivojlanishni boshlagan bo‘lsa-da , bu yerda fan mutaassib ruhoniylar tomonidan ta'qib qilindi. Fan va din tarixidagi bu munosabat ular o‘rtasida murosasiz kurash davrini keltirib chiqardi. Fan va san'atda Uyg‘onish davrining , dinda esa katolitsizmning markaziga aylangan Italiyada bu qarama-qarshilik o‘zining avj pardasiga chiqdi. Fan va adabiyot dinni yolg‘onga chiqardi , nafaqat ruhoniylar , hatto Xudo ustidan hajviy tanqidlar yozildi. Din ham fandagi deyarli har bir yangilikni kufrga yo‘ydi. Reformizm ta'sirida bu qarama-qarshilik nisbatan tinchroq jabha — g‘oyalar kurashiga ko‘chsa-da , lekin shiddatini susaytirmadi. XIX asrda paydo bo‘lgan bir tarafdan “din — afyun” , ikkinchi tarafdan “Darvinning o‘zi maymundan tarqagan” kabi da'volar asorati hozirgi kunda ham seziladi. Fan va din o‘rtasidagi kurashga siyosatning aralashuvi bir qancha fojialarni keltirib chiqardi. Ayniqsa , hokimiyat “jangovar” ateistlar yoki teokratlar qo‘liga o‘tgan paytlarda o‘rta asrlar jaholatidan qolishmaydigan zo‘ravonlik qo‘llanildi. Insonlar majburiy ravishda dindan chiqarieka , dinning soxta ta'limot , jamiyat uchun zararli ekanini targ‘ib qilish ishlari keng olib borildi. “Ilmiy ateizm” nomli fan to‘qib chiqarilib , barcha ta'lim muassasalarida o‘qitildi. Mazkur g‘oyani qabul qilishni istamaganlar esa turli ayblovlar bilan jazoga tortildi. Tarix kitoblari qayta yozilib , dinning yuzaga kelishida biryoqlama yondashildi , aynan shu manbalarda “din va fan dushmandir” , degan g‘oya aholiga maktabdanoq singdirila boshlandi.
Biroq tarixda «fan va din aslida bir-biriga zid emas , balki uyg‘un sohalar» degan g‘oyani ilgari surgan va rivojlantirgan buyuk olimlar ham ko‘p bo‘lgan. Masalan , Hakim Termiziy bizning tushunchamizdagi fanni ilm , diniy ilmni esa ma'rifat , hikmat deb atagan va ularning inson tafakkuridagi o‘rnini to‘g‘ri belgilagan. Hakim Termiziy g‘oyalarini Abu Nasr Forobiy , Abu Rayhon Beruniy , Faxriddin Roziy kabi olimlar rivojlantirganlar , fan va din uyg‘unligini Ibn Sino o‘z faoliyatida yanada teranroq ko‘rsatgan.
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda ham fan va din uyg‘unligini ta'minlashga alohida urg‘u berildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: “...Dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan , bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob berish oson bo‘lmaydi”.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki , dunyoviylik va dahriylik mutlaqa boshqa-boshqa tushunchalar. Ularni bir-biriga o’xshatishning o’zi xato. Buning ustiga dinimiz islomda ham ilm olish haqida ko’p hadis-rivoyatlar keltirilgan. Mo’min kishi beshikdan to qabrgacha ilm olishi kerakligi haqida aytilgan. Yana qayerdadir Alloh ilmli kishilarning jannatga bo’lgan yo’llarini yengillashtirishi haqida eshitganman.
O’ylaymanki , bu mavzudagi manbalar ko’paytirilib , talaba yoshlar bilan shu mavzudagi davra suhbatlari ko’proq tashkil etilishi kerak. Chunki , bugungi kunda dunyoviylik va dahriylik o’rtasidagi farni tushunmay , dunyoviy ilmlarga e’tibor bermayotganlar talaygina. Oxir oqibat bunday insonlar ongida mafkuraviy bo’shliq paydo bo’la boshlaydi. Xatto o’zim ham ushbu esseni yoza turib bu mavzu haqidagi bilimlarim naqadar ozligini tushundim. Endi esa shumavzu haqidagi bilimlarni yanada chuqurroq o’rganishda davom etmoqdaman.

Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling