“duradgorlik mebel buyumlarini pardozlash” fanning o’quv dasturi


Download 410.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1481559
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FAN DASTUR

I. Fanning mazmuni. 
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga duradgorlik mebel buyumlarini 
pardozlash uchun ishlatiladigan zamonaviy lok-buyoq va plyonka matireallar, 
yog‘och va yog‘och materiallar sirtida himoya-dekorativ parda qatlam hosil qilish 
bo‘lishining nazariy va amaliy masalalari hamda yog‘och va yog‘och 
materiallardan duradgorlik-mebel buyumlarini yasash va pardozlashda e’tiborga 
olinadigan xossalari, lok-buyoq matireal turlari, ularni surkash usullari, pardoz 
berish jarayonida ishlatiladigan asbob-uskunalarning texnik tavsifi va ish unumini 
topish yo‘llari aks ettirilgan. Bulardan tashqari, pardozlashning tipaviy texnologik 
sxemalari, konveyyer, yarim avtomatik va avtomatik tarzda ishlaydigan liniyalarga 
alohida o‘rin berilgan bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka 
shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat - pardozlanadigan 
buyumlar yuzasini oldindan sifatli qilib silliqlash hisobiga lok-buyoq materiallar 
sarfini kamaytirish. 
Tabiiy shpon urniga uning urnini bosa oladigan plyonka materiallardan, yaxlit 
detalning kambar yuzasiga yopishtiriladigan plastiklardan, laminirlangan 
plitalardan, qimmatbaho yogochga uxshatib pardozlash usullaridan kuproq 
foydalanish. 
Plyonka materiallarni yaxlit detal ustiga qoplashda valli mashinalardan 
samarali foydalanish. 
Ultrabinafsha nur ta’sirida tez qotadigan va samarali shpatlyovka, gruntovka, 
rovaktuldirgichlar va boshqa innovatsiya tarkiblardan foydalanish. 
Qimmatbaho yogochga uxshatib pardozlashning bosma usullari uchun yangi 
sifatli lok-buyoqlarni yaratish va ishlab chitsarishga joriy etish. 
Poliuretan loklari, kislotali muhitda sotadigan loklar, tez qotadigan poliefir 
loklari kabi yuqori samarali lok-buyoq materiallardan keng foydalanish. 
Suv bilan suyultiriladigan lok-buyoq materiallarni yaratish va ularni ishlab 
chiqarishga joriy etish. 



Yuqori sifatli qilib pardozlashda pigmentli lok-buyoq materiallardan kuproq 
foydalanish. 
Lok-buyoq materiallarni qatlam qilib surkaydigan yoki purkaydigan turli-
tuman valli stanoklar va lok surish mashinalari (konstruksiyasi)ni yaratish. 
Pardozlash sexlari va uchastkalarida mehnat sharoitilarini yaxshilash, zararli 
va qoldiq moddalar konsentratsiyasini keskin kamaytirish hisobiga atrof muhitni 
muhofaza qilish. 

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling