Duxovkada shashlik


Download 75.76 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi75.76 Kb.
#1326133
Bog'liq
Duxovkada shashlik


Duxovkada shashlik

Masalliqlar(4 kishilik):
-250-300gr qiyma
-1 bosh piyoz
-1 bo’lak toster non(yoki 1/4ta novvoy non yoki 1bo’lak buxonka non)
-1dona o’rtacha piyoz
-1ta tovuq tuxumi,4ta bedana tuxumi(yoki tovuq tuxumi-!maslahatlarga qarang)
-1 bo’lak sarimsoq
- 1chimdimdan ziravorlar(zira, kashnich)
3-4 osh-q o’simlik yog’i
Tayyorlash
Qiymani tayyorlash: nonni suvda(yoki sutda) ivitib olamiz.Ivitgandan keyin
toster non qolda ham maydalanib ketadi,novvoy non yoki buxonka nonni blender
yoki myasorubkada chiqarish lozim. Qiymaga ivitib maydalangan non+
qirg’ichdan o’tkazilgan piyoz+1ta xom tuxum+2chimdim tuz(ta’bga ko’ra)+
ziravorlar+mayday to’g’ralgan sarimsoq solib aralashtiramiz va
biroz huddi hamirni kaft bilan mushtlagandek mushtlab qiyma masallig’ini qattiqlashtiramiz.
Avval qiymani kerakli miqdorini uzunroq shakl berib kaftimizda aylantiramiz.
Keyin ehtiyotkorlik bilan oraiga cho'pni kirgazamiz va yana kaftimiz bilan
shakl beramiz. Patnisga 1 osh-q yog' quyib, uning hamma qismiga yog'ni yoyib,
ustidan shashliklarni terib chiqamiz.

180Cda 35-40 daqiqa davomida pishirgich(oven,duxovka)ning o'rta qismida
pishiramiz. Oxirigi 5 daqiqada issiqlikni 230Cga ko'tarib,shashlik ustki qismini
qizartirib olamiz. Pishgach, ostidagi yog'ini shimib olmasligi uchun
darxol likopchalarga solamiz.



Download 75.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling