Duxovkada shashlik
Download 75.76 Kb.
|
Duxovkada shashlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlash : Qiymani tayyorlash
Duxovkada shashlik Masalliqlar(4 kishilik): -250-300gr qiyma -1 bosh piyoz -1 bo’lak toster non(yoki 1/4ta novvoy non yoki 1bo’lak buxonka non) -1dona o’rtacha piyoz -1ta tovuq tuxumi,4ta bedana tuxumi(yoki tovuq tuxumi-!maslahatlarga qarang) -1 bo’lak sarimsoq - 1chimdimdan ziravorlar(zira, kashnich) 3-4 osh-q o’simlik yog’i Tayyorlash: Qiymani tayyorlash: nonni suvda(yoki sutda) ivitib olamiz.Ivitgandan keyin toster non qolda ham maydalanib ketadi,novvoy non yoki buxonka nonni blender yoki myasorubkada chiqarish lozim. Qiymaga ivitib maydalangan non+ qirg’ichdan o’tkazilgan piyoz+1ta xom tuxum+2chimdim tuz(ta’bga ko’ra)+ ziravorlar+mayday to’g’ralgan sarimsoq solib aralashtiramiz va biroz huddi hamirni kaft bilan mushtlagandek mushtlab qiyma masallig’ini qattiqlashtiramiz. Avval qiymani kerakli miqdorini uzunroq shakl berib kaftimizda aylantiramiz. Keyin ehtiyotkorlik bilan oraiga cho'pni kirgazamiz va yana kaftimiz bilan shakl beramiz. Patnisga 1 osh-q yog' quyib, uning hamma qismiga yog'ni yoyib, ustidan shashliklarni terib chiqamiz. 180Cda 35-40 daqiqa davomida pishirgich(oven,duxovka)ning o'rta qismida pishiramiz. Oxirigi 5 daqiqada issiqlikni 230Cga ko'tarib,shashlik ustki qismini qizartirib olamiz. Pishgach, ostidagi yog'ini shimib olmasligi uchun darxol likopchalarga solamiz. Download 75.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling