Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari


Download 0.68 Mb.
bet2/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1798128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari
Qoraqalpog'iston tabiiy geografiyasi kursi pedagogik oliy o'quv yurtlarida, shuningdek universitet asosida bilim beruvchi oliy o'quv yurtlarining geografiya, tabiatshunoslik va geografiya-iqtisod fakul'tetlarida O'zbekiston respublikasi va uning tarkibiga kiruvchi suveren Qoraqalpog'iston respublikasi o'z mustaqilligiga erishishi bilan yuqori maktab talabalariga bilim va ta'lim-tarbiya beruvchi asosiy o'quv fanlarining biriga aylandi. Demokratik mamlakat tuzish va uning o'quv sistemasini yangi dasturlarga mos tashkillashtirishda respublikamizda oliy bilim beruvchi o'quv yurtlarining strukturasida geograf mutaxassislar tayyorlashga aloxida e'tibor berilgan. Sababi xar bir yuqori bilimli yosh avlod o'z ona tilini, elining tarixini o'rgangandek, o'lkasining tabiiy geografik saloxiyatini bilishi, mamlakatning ishlab chiqarish soxalarini strukturaviy tuzilishi va xududiy joylashishi to'g'risida, shuningdek demografik rivojlanish an'analari bo'yicha bashorat qilish orqali tabiiy zonal joylashishlar ta'sirida shakllangan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish qonuniyatlarini echa bilishi zarur. Bundan boshqa yosh mutaxassis geografiya kurslarini o'quv va o'rganish orqali uning o'lkashunoslik tamoyillarini chuqur o'zlashtirishi, shu asosda o'z o'lkasining tabiiy boyliklarini xalq xo'jaligiga o'zlashtirish yo'llari xamda ularning zaxiralarini kayta tiklash va ko'paytirishga asoslangan qoidalarni o'zlashtirib o'z elining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga bog'liq muammolarni echishga qatnashishi xamda yosh mutaxassislarni ta'lim-tarbiya berishga erdam berishi shart. Shunga bog'liq oliy o'quv o'rinlarining geograf talabalari, o'rta maktablarning geografiya o'qituvchilari, o'lkashunoslik va bashorat mairmoqlari bilan shug'ullanadigan idoralarning ishchilari uchun tavsiya qilinib, bu fanning bilim berishdagi, o'quv-metodik va tarbiyaviy xarakterdagi tushunchalar tavsiya qilinmoqda. Shu kabi kursning tarkibini tuzishdagi va ma'lumotlarni izma-iz joylashtirishdagi usullar eng ahamiyatli mairmoqlarni, ayniqsa Qoraqalpog'istonning xalq xo'jaligining territorial tuzilishini aniqlashda va ishlab chiqaruvchi kuchlarning xududiy joylashishini takomillashtirish orqali ekologik inqirozni yumshatishga bog'liq muammolarini echishga imkoniyat beradi. Bu birinchidan mutaxassislarga bilim va tarbiya berishda geografik ma'lumotlarning qimmatini oshirsa, ikkinchidan o'z elining dunyoning iqtisodiy strukturasiga qatnashishi uchun tabiiy saloxiyatini belgilashda asos tuzadi xamda yosh mutaxassislarga o'z o'lkasi to'g'risida boy ma'lumotlarni shakllantirishga imkoniyat yaratadi.
Qoraqalpog'iston xozir katta tabiiy boylik resurslariga ega bo'lishiga qaramasdan O'zbekistonda sanoatning rivojlanish sur'ati bo'yicha eng keyingi o'rinlarni egallaydi, yil sayin ishlab chiqariladigan sanoat maxsulotlarining faqatgina 1,7-2 %ni etishtiradi. Shuning uchun xozirgi bosh vazifa Qoraqalpog'istonda sanoat uchun foydoladiladigan xom ashyo resurslari zaxiralarini o'rganish va uni sanoatda foydalanish yo'llarini topishdan iborat. Qoraqalpog'iston sharoitida xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun bosh rezervlar faqat qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida emas, sanoat ishlab chiqarishlarida xam ko'p uchraydi.
Shuning uchun barcha zaxiralarni ishga tushirish, ayniqsa, foydoladilmayotgan tabiiy resurslarni sanoatda keng foydalanish orqali yil sayin etishtiriladigan jamiyatlik unumning xajmini orttirish zarur.
Shunga bog'liq bu fan Qoraqalpog'istonning tabiiy saloxiyatini xalq xo'jaligida foydalanish yo'llari aniqlanadi va kelajakda ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishning asosiy yo'nalishdalari tavsiya qilindi. Bundan boshqada respublikada shakllangan xalq xo'jaligining strukturasini taxlil qilish yo'li bilan eng qoloq soxalarni, ayniqsa, og'ir sanoatni rivojlantirishda qo'yilaetgan vazifalarni ishga oshirish yo'llari ko'rsatildi

.O'lkaning geografik joylashgan o'rni va chegaralari
Qoraqalpog'iston respublikasi shimoliy kenglikda Markaziy Osiyoning janubiy-g'arbiy bo'limini egallab yotibdi. Uning shimoliy, janubiy bo'limidagi kordinatalari 400 5 57 va 450 357 shimoliy kenglikni xamda g'arbiy va sharqdagi chekka nuqtalari 560 027 va 620 24 sharqiy uzunliklarni egallab yotibdi. Qoraqalpog'istonni janubda Xind okeani, shimol tomonida Shimoliy muz okeani oralig'ida joylashgan va materik ichkarisidagi xudud bo'lganligi uchun unga dunyo yuzi okeanlarining ta'siri juda kam. Yoz oylarida Xind okeanidan ta'sir etuvchi nam xavo massasi yo'ldagi baland tog'li rayonlarda qarshilikka uchrab Qoraqalpog'istonga etib kelmaydi. Aksincha Qoraqum cho'listonligidan esuvchi issiq va changli xavo massasining ta'sirida qurg'oqchilik ustunlik etadi. Qish oylarida yo'lda to'suvchi baland tog'lar bo'lmagani uchun Shimoliy muz okeanidan esuvchi sovuq xavo massasi To'rg'ay darvozasi orqali Qoraqalpog'istonning keskin sovushiga ta'sir qiladi. Atlantikaa va Tinch okeanlar Qoraqalpog'istonga uzoq joylashgani uchun ularning o'lkamizning tabiiy kompleksiga ta'siri unchalik sezilarli darajada emas.
Qoraqalpog'istonning ko'pchilik bo'limida, ayniqsa sharqida chegara rolini bajaradigan tabiiy belgilar kam. Janubiy-sharqida va janubida uzunlik yo'nalishda joylashgan Qizilqum xamda Qoraqum cho'listonliklari, g'arbida Ustyurt balandligi, shimoliy tomonida Orol dengizi tabiiy chegara rolini bajaradi. Shunday qilib, tabiiy geografik tomondan Qoraqalpog'istonni Turon pasttekisligining davomi xisoblanib, Amudaryoning oldingi va xozirgi del'tasini egallab, shimoliy kenglikda joylashgan o'lka xisoblanadi. Uning shimoldagi chegarasi Rossiya Federatsiyasining Astraxan', Rostov shaxarlari orqali o'tsa, janubidagi chegarasi Darbent, Tbilisi shaxarlari joylashgan kenglikka to'g'ri keladi. Lekin Qoraqalpog'iston materikning ichkarisida joylashgan va dunyo yuzi okean xamda dengizlardan olisda joylashgan bo'lganligi uchun yuqoridagi ko'rsatilgan territoriyalarga solishtirganda tabiiy sharoiti o'zgaruvchang keladi. Shunga bog'liq Qoraqalpog'iston respublikasining xalq xo'jaligining rivojlanish sur'ati va uning dunyo yuzi bozor munosabatlaridagi tutkan o'rni xali unchalik yuqori emas. Shu kabi o'zgachaliklar respublikada foydoladilmayotgan barcha rezervlarni tezda ishga tushirishni va o'lkamizning geografik joylashgan o'rniga xos shakllangan ishlab chiqarish soxalarini zonal ixtisoslashtirish muammolarini rivojlantirishni talab etadi.
Qoraqalpog'iston respublikasi siyosiy-mamuriy jihatdan shimoliy-sharqiy va shimoliy-g'arbida Qozog'iston respublikasi bilan, janubiy-g'arbida Turkmaniston respublikasi, janubiy va janubiy sharqida O'zbekistonning Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari bilan chegaradosh. Respublika territoriyasi g'arbdan sharqqa tomon 660 kilometrga, shimoldan janubga tomon 400-420 kilometrga cho'zilgan.
Qoraqalpog'iston respublikasi XX asrning 20-yillarida podsho Rossiyasining eng ichkarisida joylashgan, oddiy dexqonchilik va ko'chmanchi chorvachilik bilan shug'ullanadigan agrar o'lka edi. 1918-yilda Turkistonda Sovet Federativ respublikasining tuzilishi bilan Amudaryoning o'ng tomonida yashovchi qoraqalpoq xalqi Amudaryo bo'limi bo'lib biriksa, oldingi Xiva xonligi hududidagi xalqlar 1920-yili Xorazm Xalq respublikasi bo'lib tuzildi. Shunday qilib, Amudaryoning chap tomonida yashovchi qoraqalpoqlar Xorazm Xalq respublikasining tarkibiga kiradi. Keyin 1924-yildagi O'rta Osiyoda joylashgan xalqlarning mamlakatlik chegarolarini ajratish yillarida Qoraqalpog'istonning mamlakatlik strukturasi 2- marta shakllandi va shu yili Qozog'iston tarkibida Qoraqalpog'iston oblasti bo'lib tuzildi. 1930-yili Qoraqalpog'iston Rossiya tarkibiga kirishi bilan ko'p vaqt o'tmasdan, 1932-yili RSFSRning tarkibida Qoraqalpog'iston Sovet respublikasi bo'lib kayta tuzildi. 1930-yili Rossiyaning tarkibidan O'zbekistonga o'tdi. 1991-yili 1-sentyabr'da O'zbekiston mustaqil respublika deb e'lon qilinishiga bog'liq Qoraqalpog'iston O'zbekistonning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi suveren respublika deb e'lon qilindi.
O'tmishdagi Qoraqalpog'iston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bo'yicha dunyodagi eng qoloq o'lkalardan xisoblanar edi. Sababi, respublika uzoq yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlariga, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga chiqish uchun transbo'rt aloqalariga ega bo'lmadi. Rossiya va boshqa qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yoz oylarida Charjougacha 650 kilometrgacha oraliqda Amudaryo orqali kayiqlar bilan amalga oshirildi. Faqat ikkinchi jahon urushidan oldin O'rta Osiyo mamlakatlik suv yo'li transbo'rti tashkillashtirilgandan keyingina kema bilan tashiladigan yuklar bukserli flot bilan almashtirildi. Natijada, 1936-yillarda Amudaryo orqali Qoraqalpog'istonga yiliga 180 ming tonna yuk tashilsa, olib ketiladigan yuklarning hajmi 150 ming tonna bo'ldi. Lekin respublikaning transbo'rt-iqtisodiy aloqalaridagi dastlabki yutuqlar 1952-yildan boshlab Charjou-Xo'jayli, keyin Qo'ng'irot-Beyneu-Aleksandrov-Gay yo'nalishidagi temir yo'l qurilishining ishga tushishiga bog'liq bo'ldi. Keyingi yillarda gigant Buxoro-Ural va O'rta Osiyo-Markaz gaz quvurlari foydalanishga berildi. Natijada, samolyot, avtomashina, paroxod va teplovozlar ishlaydigan bo'ldi, bu Qoraqalpog'iston respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Shunday qilib, Qoraqalpog'istonni orqali Markaziy Osiyodan Rossiya Federatsiyasi va evropa davlatlariga to'g'ri temir yo'lning ochilishi Qoraqalpog'iston respublikasining transbo'rt-iqtisodiy aloqalarining shakllanishiga va rivojlanishiga yo'l ochdi va mamlakatning iqtisodiy-geografik joylashgan o'rnining katta o'zgarishga uchrashiga, ya'ni qulay tranzitlik iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga asos soldi.
Qoraqalpog'iston respublikasi mamuriy jihatdan 15 tuman va 1194 elatli punktdan iborat. Shuning 12-si shaxar, 5 ta tuman markazi, 12-si boshqa shaxar tipidagi posyolkalardan, qolgan 1165-si axoli punktlaridan xisoblanadi. Bular 64 ovul kengashlari bilan birlikda yuqoridagi 15 tumanning tarkibini paydo qiladi.
Qoraqalpog'iston O'zbekistonning shimoliy-g'arbida tekislik xududida joylashgan. er yuzasi tekislikdan iborat, lekin shunga qaramasdan, tabiiy kompleksining xarakteri bo'yicha bir-biridan farq qiluvchi uch rayondan turadi: a) Amudaryo del'tasi, b) Qoraqalpog'iston Ustyurti, v) Qoraqalpog'iston Qizilqumi.


  1. Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling