Dvigatel turlari


Download 1.52 Mb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1024749
1   2
Bog'liq
Dvigatel turlari

Avtomobil dvigateli – avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma. Avtomobil dvigateli 2,3,4 va undan ortiq si-lindrli bo‘lib, ular bir qator yoki "V" tartibida joylashtiriladi. Zamonaviy avtomobillardan eng keng tarqalgani porshenli ichki yonuv dvigateli. Ish ja-rayoni bo‘yicha ikki taktli dvigatel va to‘rt taktli dvigatellarga, yonilg‘ining alangalanishi bo‘yicha uchqundan alanga-lanadigan karbyuratorli dvigatellarga va dvigatel silindrlarida yonilg‘i o‘z-o‘zidan alangalanadigan dizel dvi-gatellariga bo‘linadi. Karbyuratorli Avtomobil dvigatelida karbyuratorda tayyorlanadigan benzin bug‘lari bilan havo aralashmasidan iborat yonilg‘i aralashmasi silindrlarga uzatiladi. Dizel dvigatellarida silindrlarda qisilgan havoga yuqori bosimda dizel yonilg‘isi purkaladi. Za-monaviy Avtomobil dvigateli silindrlar bloki, krivo-ship-shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish tizimi, moylash ti-zimi, ta’minlash tizimi (karbyuratorli dvigatelda yonuvchi aralashma tayyorlab, uni silindrlarga kiritadi, dizellarda esa silindr ichiga yonilg‘ini purkaydi), o‘t oldirish tizimi (karbyuratorli dvi-gatelda)dan iborat. Zamonaviy yengil avtomobillarning dvigateli quvvati 15 – 310 kVt gacha, yuk avtomobillariniki 220 kVt gacha bo‘ladi. Bulardan tashqari rotorli-porshenli, gaz-turbinali dviga-tellar ham ishlatiladi.

To‘rt taktli to‘rt silindrli ish tartibi 1-3-4-2 bo‘lgan dvigatelda taktlarning takrorlanishi



Tirsakli valning aylanishi

Tirsakli valning burilish burchagi

Silindrlar

1

2

3

4

Birinchi aylana

0-180°

Ish yo‘li

Chiqarish

Siqish

Kiritish

180-360°

Chiqarish

Kiritish

Ish yo‘li

Siqish

Ikkinchi aylana

360-540°

Kiritish

Siqish

Chiqarish

Ish yo‘li

540-720°

Siqish

Ish yo‘li

Kiritish

Chiqarish

Porshen PCHN dan YUCHNga harakatlana boshlaganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish darchalari ochiq. Nasos yordamida kiritish darchasi orqali silindrga yonilg‘i aralashma yoki havo kiritiladi, ular esa silindr ichida qolgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuboradi va porshen tepasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi; yuqoriga





harakatlanayotgan porshen o‘z devorlari bilan kiritish, so‘ngra chiqarish darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan boshlab siqish takti boshlanadi va porshen YUCHNga yetay deganda siqish kamerasiga o‘t oldirish shami bilan elektr uchquni beriladi (karburatorli, injektorli dvigatelda) yoki yokilg‘ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda), natijada siqish kamerasidagi zarad alangalanadi.






  1. rasm. NEXIA avtomobilining dvigatel qirqimi.

1-moy to‘kish krani; 2-moy saqlagich; 3-moy filtri; 4-suv nasosi; 5-chiqarish quvuri; 6-kiritish quvuri; 7-injektor; 8-yonilg‘i kanali; 9-resiver; 10-silindrlar blokining kallagi; 11-taqsimlash valining podshipnikining qopqog‘i; 12-taqsim- lash vali; 13-karterning shamollatish shlangi; 14-klapanning tirqishini to‘g‘rilov- chi shayba; 15-klapan suxarisi; 16-turtkich; 17-klapan prujinasi; 18,19-klapan- ning yo‘naltiruvchi vtulkalari; 20-klapan; 21-o‘t oldirish shami; 22-silindrlar blokining kallagi; 23-porshen; 24-kompressor halqa; 25-moy sidirgich halqa;
26-porshen barmog‘i; 27-silindrlar bloki; 28-shatun; 29-tirsakli val; 30-shatun qopqog‘i; 31-moy sathini o‘lchagich; 32-moy qabul qilgich.
Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling