Dvigatellarni krivoship-shatun mexnizmning tuzilishi Reja


Download 474.98 Kb.
bet2/3
Sana16.01.2023
Hajmi474.98 Kb.
#1095798
1   2   3
Bog'liq
Dvigatellarni krivoship-shatun mexnizmning tuzilishi - для слияния

Porshen barmog‘i porshenni shatun bilan sharnirli ulash uchun xizmat qiladi. Porshen barmog‘i ishlash vaqtida kattaligi va yo‘nalishi o‘zgaruvchan mexanikaviy nagruzka ta’sirida bo‘ladi, shu sababli u mustahkam va bikr bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, porshen barmog‘i engil va eyilishga chidamli bo‘lmog‘i lozim. Porshen barmog‘i qalin devorli po‘lat truba bo‘lagidan iborat. Barmoq 2 og‘irligini kamaytirish uchun, uning ichki kovagi ba’zan o‘zgaruvchan kesimli qilib yasaladi.
Barmoq metallining tashqi sirti eyilishga chidamli qattiq bo‘lishi va zarbaviy nagruzka sharoitida ishlaydigan qismi qovushqoq bo‘lishi uchun barmoqqa termik ishlov beriladi. Barmoq kam uglerodli po‘latdan (masalan, 18XNZA) yasalsa, u holda uning tashqi sirti 1,0 dan 1,5 mm gacha chuqurlikda tsementatsiyalanadi, keyin toblanadi va bo‘shatiladi. Barmoq 40 yoki 45 po‘latdan yasalganda uning tashqi sirti yuksak chastotali tok bilan qizdirib toblanadi. Ishqalanishni kamaytirish maqsadida barmoqning tashqi sirti silliqlanadi.
Barmoq 2 porshen bobishkasi 1 teshigiga kiritiladi, o‘rta qismi esa shatun 5 yuqori kallagi teshigidan o‘tadi. Barmoq tsilindr ichki sirtiga tegmasligi uchun uning uzunligi porshen diametridan bir oz qisqa bo‘ladi va o‘q bo‘ylab surilib ketmasligi uchun, porshenning ikkala bobishkasi ariqchalariga qo‘yiladigan prujinalanuvchi stopor halqalari 3 (8-rasm, a va b) yoki alyuminiy qopqoq 4 bilan tutib turiladi.



8-rasm.Porshen barmoqlari konstruktsiyasi va ularni o‘qlarga mahkamlash usullari:
1–porshen; 2–porshen barmog‘i; 3–stopor halqa; 4–alyuminiy tiqin; 5–shatun

Hozirgi dvigatellarda porshen barmog‘i ishlash vaqtida porshen bobishkalarida va shatunning yuqori kallagida erkin burila oladi, shuning uchun uni qalquvchi barmoq deyiladi.
Porshen bobishkalarida barmoq uncha tortilmagan holda o‘rnatiladi. Porshen materiali (alyuminiy qotishmalari)ning chizig‘iy kengayishi koeffitsienti barmoq materiali (po‘lat) nikidan katta. Porshen bilan barmoq ish haroratiga etganida barmoq porshen bobishkasidagi o‘zi uchun yasalgan teshikka nisbatan kamroq darajada kengayadi; shu sababli, barmoq bobishkalarda bemalol burila olish imkoniga ega bo‘ladi. Barmoqni o‘rnatish oson bo‘lishi uchun yig‘ish paytida porshen 85–150 S gacha qizdiriladi va shundan so‘ng unga barmoq o‘rnatiladi.
Porshen bobishkalarida barmoq moy sidirgich halqalar sidirgan va tirsakli val sachratgan moy bilan moylanadi. Ba’zi bir dvigatellarda bobishka va barmoqlarining ishqalanadigan sirtlariga moy yaxshi kelib turishi uchun bobishkalarga teshiklar parmalangan.

Download 474.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling