Mazkur fan (modul) o’quv dasturi loyihasi
Termiz davlat pedagogika
instituti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi
kafedrasida ishlab chiqilgan.
Dasturni ishlab chiqish uchun me’yoriy huquqiy asos:
Dasturni
ishlab chiqishda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining
“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim
muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” 2022
yil 21 iyundagi PQ-289-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
maslahatchisi A.A.Abduvaxitov rahbarligida 2022 yil 28 iyun kuni o’tkazilgan
videoselektor yig’ilishining 1-sonli bayoni hamda
Vazirlar Mahkamasining
“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida” 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son
qarori
me’yoriy huquqiy asos bo’lib xizmat qildi.
Dasturning tarkibiy tuzilishi:
Dastur loyihasini ishlab chiqishda “Maktabgacha ta’limda xususiy
metodika” fani baholash
dasturlari haqidagi umumiy, shuningdek,
ushbu
dasturlarning tarkibiy yo’nalishlari sifatida innovatsion texnologiyalar,
pedagogik texnologiyalar hamda kreativ fikrlashni baholash yo’nalishlariga oid
nazariy ma’lumotlar kiritildi. Shu bilan birga, nazariy ma’lumotlarni o’rganishda
talabalarning bilimini mustahkamlash uchun amaliy mashg’ulotlar
mavzulari
ham keltirildi.