Savdo foydasi va sudxo’rlik foizi kanonistlar tomonidan qoralangan va gunoh deb hisoblangan. Akvinat ham ularni shartli ravishda «aybladi». Uning fikricha, agar ular bunda axloq-odob doirasida ish yuritgan bo’lsalar, savdo foydasi va ssuda uchun foiz muvofiq ravishda savdogar va sudxo’r tomonidan o’zlashtirilishi kerak. Boshqacha so’z bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda operatsiyalaridagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar va hatto xatar uchun to’lanadigan haq bo’lmog’i kerak.
Tayanch iboralar
primitiv bosqich;
tsivilizatsiya bosqichi;
zaruriy buyumlar;
zarur bo’lmagan buyumlar;
moddiy ehtiyojlar;
ideal shahar;
ideal davlat;
odil narx;
boylik;
ayirboshlash;
savdo foydasi va sudxo’rlik foizi.
Takrorlash uchun savollar
O’rta asr davridagi iqtisodiy fikrlarning o’ziga xos xususiyatlari nima?
Ibn Xoldun bo’yicha ish haqi qanday omillarga bog’liq?
Qur’oni Karimdagi iqtisodiy fikrlarning o’ziga xosligi nimada?
Forobiyning “moddiy ehtiyojlar” to’g’risidagi ta’limoti-ning mohiyatini qanday tushunasiz?
Ibn Sinoning ijtimoiy ishlab chiqarish to’g’risidagi g’oya-sining mag’zini chaqing.
A.Temurning xalqaro savdoni rivojlantirishdagi mavqei va o’rni nimadan iborat?
Navoiyning boylik yaratish to’g’risidagi g’oyasining o’ziga xosligi nimadan iborat?
F.Akvinskiyning “Odil narx” nazariyasining mohiyati va o’ziga xos xususiyatini tushuntiring?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
Karimov I.A. Amir Temur haqida so’z. -T.: “O’zbekiston”, 1996.
Vsemirnaya Istoriya Ekonomicheskoy Misli. -M.: “Misl”, 1987., 1 tom.
Jid Sh., Rist Sh. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. -M.: “Ekonomika”, 1995.
Kostyuk V.N. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. -M.: “Tsentr”, 1998.
Ibragimov A. Bizkim o’zbeklar. -T.: “Sharq”, 1999.
Ignotenko A.A., Ibn Xaldun. -M.: “Misl”, 1980.
Islamov A., Egamov E. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi T.: «O’zbekiston», 2003.
Islamov A., Egamov E. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. -T.: Iqtisod-moliya, 2005.
Razzoqov va b. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. -T.: “Moliya”, 2002.
Temur tuzuklari. -T.: 1991.
Titova N.E. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. M.: “Gumanitarniy izdatelskiy tsentr VLADOS”, 1997.
Yusupov Yu.K. Stanovlenie i razvitie ekonomicheskoy nauki. -T.: AO “Uchqun”, 1999.
Yadgarov Ya.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. -M.: INFRA-M, 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |