E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


-MAVZU. REJALI IQTISODIYoTDAN BOZOR IQTISODIYoTIGA O’TISh TA’LIMOTLARI


Download 0.86 Mb.
bet46/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

8-MAVZU. REJALI IQTISODIYoTDAN BOZOR IQTISODIYoTIGA O’TISh TA’LIMOTLARI

Hozir dunyoda rejali iqtisodiyotga asoslangan aholi farovonligini oshirishga, kishilarning siyosiy, iqtisodiy erkinligini ta’minlashga qodir bironta mamlakat amal qilmaydi. Rejali iqtisodiyotning afzalliklari to’g’risida ko’p gapirilgan bo’lsada, u tajribada o’zini oqlamadi, inqirozga uchradi va tarix sahnasidan o’z o’rnini bozor iqtisodiyotiga bo’shatib berdi.




Rejali iqtisodiyot va uning salbiy oqibatlari to’g’risidagi
iqtisodiy qarashlar

XX asrning boshida sobiq ittifoqda yuzaga kelgan rejali xo’jalik yuritish ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham ma’naviy rivojlanishga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Direktiv reja asosida iqtisodiyotning ongli ravishda qattiq tartiblab turilishi, korxonalar mustaqilligining inkor etilishi, ularning faoliyatiga bajarilgan reja va normativlarga qarab baho berilishi, narxning tartiblovchi rolining inkor erilishi, pirovard natijada iqtisodiyotning pasayib ketishiga, aholi turmush darajasining yomonlashuviga olib keldi. Mulkning asossiz ravishda haddan tashqari davlatlashtirilishi davlat monopoliyasini keltirib chiqardi. Iqtisodiyot iste’mol uchun emas, davlat hukumronligi uchun xizmat qiladigan iqtisodiyotga aylandi.


Iqtisodiyotning bunday tipi aholining ehtiyojlarini to’laroq qondirishga emas, balki o’z xalqi ustidan hukumronligini o’tkazayotgan ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan davlatning faoliyatini ushlab turish uchun yo’naltirilgan. Uning ustiga aholining asosiy qismining ehtiyojlarini qondirish kelajakda foydalanish lozim bo’lgan boy tabiiy resurslarni sotish, ishlab chiqarish omillaridan nomuqobil foydalanish yo’li bilan amalga oshirilgan. Oddiy qilib aytganda, resurslarni talon – taroj qilishga, ulardan vahshiyona foydalanishga yo’l qo’yilgan. Iqtisodiy fanda yangi liberal yo’nalishining atoqli vakili Lyudvig fon Mizes qayd qilib o’tganidek ,,... bitta boshqaruvchi (ya’ni davlat – izoh muallifniki) amal qiladigan sotsialistik jamiyatda ishlab chiqarish omillarining narxi ham yo’q, iqtisodiy hisob kitobi ham yo’q. Kapitalistik jamiyatda tadbirkorni ishlab chiqarish omili o’z narxi orqali ogohlantiradi: “Menga tegma, men boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallanganman”. Sotsializmda bu omillar saqov”. (Mizes L. Byurokratiya. Zaplanirovanniy xaos. Antikapitalisticheskaya mentalnost. M., 1993. s.30).
Xo’jalik hayotining barcha tomonlarini umumiy rejalashtirishga asoslangan jamiyatda ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, tovarlar assortimentini kengaytirishga, xarajatlarni kamaytirishga, FTT yutuqlarini tadbiq etishga, o’z malakasini oshirishga qiziqishi bo’lmaydi. Ayniqsa resurslarning bir markazdan taqsimlanishi, qat’iy belgilangan ish haqi, narxining davlat tomonidan o’rnatilishi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan iqtisodiy taraqqiyotga to’siq bo’ldi.
Sobiq ittifoqda olib borilgan xato iqtisodiy siyosat, iqtisodiyot tuzilmasiga bo’lgan noto’g’ri yondashuv O’rta Osiyo respublikalari aholisi turmush sharoitining yomonlashuviga, mazkur hududning hom ashyo bazasiga aylanishiga olib keldi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov mamlakatda ushbu rejali tizim keltirib chiqargan salbiy oqibatlarni o’z asarlarida tahlil qilib, ko’rsatib berdi. Ular umumiy tarzda quyidagicha tafsivlanadi:

  • markazga qaram bo’lgan bir yoqlama rivojlangan iqtisodiyotning yuzaga kelishi;

  • eng muhim iste’mol tovarlarning (masalan, un, shakar, go’sht, sut) chetdan keltirilishi;

  • xom ashyolarni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarishning juda past darajasi;

  • iste’molchilarning tovarlarni tanlov huquqining yo’qligi;

  • O’zbekistonda etishtirilgan paxta, qazib olingan oltin va boshqa qimmatbaho metallarni jahon bozorida sotishdan tushgan foyda uning xazinasiga kelib tushmasligi;

  • moliya – pul tizimining ishdan chiqishi;

  • mineral qazilma boyliklarning asossiz ishlab chiqarilishi va ichkariga tashib ketilishi;

  • shahar va qishloq aholisi turmush darajasidagi farqning ortib borishi;

  • ekologik muammoning keskinlashuvi;

  • tashqi savdo tuzilmasida xom ashyo hissasining ustunligi.

Bir butun xalq xo’jaligi nuqtai nazaridan olib qaraganda O’zbekiston rejali iqtisodiyotga asoslangan sobiq ittifoqdan “batamom barbod bo’lgan iqtisodiy, moliyaviy va narx – navo tizimini, o’ta izdan chiqqan boshqaruv mexanizmini va iqtisodiy munosabatlarini meros qilib oldilar”1.
Rejali tizim keltirib chiqargan salbiy holatlarni, O’zbekistonning iqtisodiy salohiyatini har tomonlama, chuqur tahlil qilib, I.Karimov xulosa qiladi: “O’zbekiston o’tmishning og’ir oqibatlarini bartaraf etishga, tanglikdan chiqib olishga, iqtisodiy mustaqillikka erishib, rivojlangan mamlakatlar safiga qo’shilishiga imkon beradigan etarli kuch qudratga ega”2. Prezident O’zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish orqali bunday imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishi mumkin ekanligini ham ko’rsatib berdi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling