E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


Download 0.86 Mb.
bet1/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOShKENT MOLIYa INSTITUTI


E.Egamov,X.Asatullaev, Z.G.Allaberganov
ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR
(Ma’ruzalar matni)

TOShKENT – 2011
Egamov E., Asatullaev X., Allaberganov Z.G. Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar. Ma’ruza matni. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2011, 121 bet.
Mazkur ma’ruza matni kadrlar tayyorlash milliy dasturi, oliy o’quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasi talab-larini hisobga olgan holda, “Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar” fani dasturi asosida tayyorlandi. Har bir mavzu bir-biri bilan mantiqan bog’langan bo’lib, turli davrlarda yashab ijod qilgan olim va mutafakkirlarning iqtisodiy fikrlar sohasidagi tarixiy merosi va g’oyaviy boyliklarini o’rganishga qaratilgan. Iqtisodiy fanda oldin amal qilib kelingan va hozir amal qilayotgan alohida maktab va yo’nalishlarning kontseptsiya va nazariyalari, ularning o’zaro bog’liqligi hamda o’ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ularni o’rganish iqtisodiy bilimlarni mustahkamlashga va chuqurlashtirishga, mamlakatimizda va jahonda sodir bo’layotgan iqtisodiy hodisalarni mustaqil tahlil qilishga, to’g’ri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Mazkur ma’ruza matni barcha yo’nalishdagi bakalavrlar uchun mo’ljallangan.
Mazkur ma’ruza matni Toshkent Moliya instituti «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasining 2011 yil 22 iyundagi majlisida muxokama qilindi va 13-sonli bayonnoma asosida nashrga tavsiya etilgan.


Taqrizchilar: i.f.d, prof., Shodmonov Sh.
i.f. d., prof. Jo’raev T.
©“IQTISOD-MOLIYA”, 2011


KIRISh

Iqtisodiyotning shiddat bilan rivojlanishi, jadal sur’atlarda milliy iqtisodiyot barqarorligini saqlash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan turli yilardagi islohotlar har qanday kishini o’ylantirib qo’yadi. Bir yili ommaviy iqtisodiyotning faol qismlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilsa, ikkinchi yili kichik biznes va tadbirkorlikka, uchinchi esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga hamda uni zamon talablariga mos ravishda modernizatsiya qilishga qaratiladi. Xo’sh buning boisi nimada? Nima uchun milliy iqtisodiyotda bunday tadbirlar olib boriladi? va shunga o’xshash savollarning mujassamlashuvi hamda unga batafsil javob topish uchun avvalo zamonaviy ta’limotlar tarixini o’rganishni taqozo etadi.


Dastlab iqtisodiy ta’limotlar tarixi o’tilgan bo’lsa, endilikda esa zamonaviy ta’limotlar tarixi kursi bilan tanishish lozim bo’ladi. Xuddi yuqorida keltirilgan savollar majmuasi sifatida nima uchun bu kursning nomi aynan zamonaviy ta’limotlar tarixi deb ataladi degan savolning tug’ilishi tabiiy. Chunki bu kursimizda biz aynan mamlakatimiz va jahon arenasida yuz berayotgan turli islohotlar negizida qanday nazariyalar mujassam ekanligi to’g’risida tanishamiz hamda uni o’rganamiz.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling