E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar


Download 1.2 Mb.
bet143/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Brusellyoz o‘chog‘ida o‘tkaziladigan muhim profilaktik tadbirlar qishloq xo‘jalik hayvonlari ustidan puxta veterinar nazorat o‘rnatish, kasal hay- vonlarni maxsus brusellyoz xo‘jaliklarida izolatsiya qilish, bu xo‘jaliklarda ishlaydigan kishilar mehnatini muhofaza qilish: hay- vonlarni parvarish qilish yoki ularga bola tashlash vaqtida yordam ko‘rsatishda rezina qo‘lqoplar, yengliklar, rezina etiklardan foy- dalanishdan iborat.
Chorvachilik xo‘jaliklarida ishlaydigan kishilar qo‘l va panja terisining butunligi va tozaligi ustidan qat’iy nazorat qilishlari zarur, chunki infeksiya organizmga juda mayda yorilishlar va shilinishlar orqali ham kirishi mumkin.
Doimo mahsulotlarni nazorat qilib borish shart. Sigir va echkilar sutini qaynatilgandan yoki pasterizatsiyadan keyingina iste’mol qilish zarur. Barcha sut mahsulotlari (chuchuk qatiq, tvorog, kefir, qaymoq, sariyog‘) pasterizatsiya qilingan sutdan tayyorlanishi zarur. Brusellyoz tarqalishi xavfi bo‘lgan tumanlarda brusellyozga qarshi tirik vaksinalar yordamida emlashlar o‘tkaziladi. Chor- vachilikda doimiy va vaqtincha ishlaydigan barcha kishilar va go‘sht kombinatlari ishchilari emlanishlari shart. Teri yuzasi bir marta emlanadi. 8—12 oydan keyin belgilangan vaksina miqdorining yarmi bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi.
Nazorat savollari

  1. Brusellalarning tashqi muhitga chidamliligi qanday?

  2. Odam uchun patogen bo‘lgan qanday brusellalar turini bilasiz?

  3. Brusellyozda infeksiya manbai kim?

  4. Brusellyozning prodromal davrida, qanday belgilar uchraydi?

  5. Brusellyozning avjiga chiqqan davri uchun qanday belgilar xos?

  6. Byurne allergik sinamasi qanday qo‘yiladi?

  7. Brusellyozning surunkali shakllarini vaksinalar bilan davolash yo‘llarini gapirib bering.

Leptospiroz (leptospirosis)

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling