E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Siydikning nisbiy zichligi yuqori (1025—1028) bo‘ladi. Siydikda oqsil, eritrositlar va leykositlar aniqlanadi
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
Siydikning nisbiy zichligi yuqori (1025—1028) bo‘ladi. Siydikda oqsil, eritrositlar va leykositlar aniqlanadi.
Vabo tashxisida bakteriologik usul hal qiluvchi ahamiyatga ega. Najas, qusuq, duodenal suyuqlik, ifloslangan buyumlar (bemorning yotoq kiyim-boshlari), o‘likdan olingan material (ingichka ichak kesmasi va o‘t xaltasi) tekshirish materiallari bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirish materiali bemorga antibiotiklar va boshqa kimyoviy preparatlar tayinlangunga qadar olinishi zarur, chunki ularni qo‘llagandan 1—2 soat keyin vibrionlar soni najasda ancha kamayadi va 1—3 sutkadan keyin ular odatda topilmaydi. Material laboratoriyaga o‘z vaqtida, ya’ni olingandan keyin 3 soat ichida yetkazib berilishi shart (vabo vibrioni najasda tez o‘ladi, ayniqsa yilning issiq vaqtlarida). Bunday o‘ta xavfli infeksiyalarda materialni transportirovka qilish qoidalariga rioya qilish zarur. Ijobiy natija 18—48 soatdan keyin, ijobiy bo‘lmagan natija esa 24—48 soatdan keyin olinishi mumkin. Tashxisning serologik usullari kasallanib tuzalganlarda ret- rospektiv tashxis qo‘yish uchun qo‘llanadi. Odatda 7—10 kun interval bilan zardoblar tekshiriladi. AR ning minimal tashxis titri 1:40 va undan yuqori hisoblanadi yoki titr qo‘sha zardoblarda oshadi. Ekspress tashxis signal yoki oriyentirlangan tashxis hisoblanadi. Bu tashxis vaboga unchalik o‘xshash bo‘lmagan klinik ko‘rinishda kechgan kasalliklarda o‘tkaziladi. Bunda luminessent-serologik usul va vibrionlarni immobilizatsiyalash usuli ham qo‘llanadi. Ekspress tashxis usullari yordamida 15 min — 2 soatdan keyin tekshirish materialida qo‘zg‘atuvchini aniqlash mumkin. Yakuniy qilib shuni aytish zarurki, vaboni faqatgina klinik ma’lumotlarga asosan ich ketishi va qusish bilan davom etadigan boshqa ichak kasalliklaridan ajratish ancha qiyin. Shuning uchun bakteriologik tekshirish usuli asosiy ahamiyat kasb etadi. 5—6 soatdan keyin dastlabki, 18—48 soatdan keyin esa yakuniy natija olish mumkin. Davolash. Barcha bemorlar shifoxonaga yotqizilishi shart; kasallikning og‘ir shakllari bilan kasallanganlar alohida palatalarda izolatsiya qilinadi. Vabo kasalligi bilan og‘rigan bemorlar yot- qiziladigan gospitallar yoki epidemik vaziyatni hisobga olgan holda vaqtincha tashkil etilgan shifoxonalardagi barcha tibbiyot xodimlari bemorlarni parvarishlash va davolash bilan tanishtirilgan bo‘lishlari zarur. Ular palatalar va bo‘limda sanitar gigiyenik rejim va shaxsiy gigiyena talablarini bajarishlari shart. Davo suv-elektrolit almashinuvini tiklashga asoslangan. Davo- lashni kasallik boshlanganidan dastlabki soatlarida boshlash kerak. Vaboga chalingan bemorlar 2 bosqichda davolanadi. Birinchi bos- qichda regidratatsiya (davolash boshlangunga qadar yo‘qotilgan suv va tuzlarni qoplash) o‘tkaziladi, ikkinchi bosqichda esa davom etayotgan suv va elektrolitlar yo‘qotish korreksiya qilinadi. Dastlabki 5 minutda bemorda tomir urishi soni, nafas olish, arterial bosim, tana vazni, bundan tashqari, qon plazmasining nisbiy zichligi, asidoz darajasi aniqlanadi va so‘ngra tuzli eritmalarni oqim bilan yuborishga kirishiladi. Regidratatsiya uchun zarur bo‘lgan suyuqlik hajmini aniqlash uchun Fillips formulasidan foydalanish mumkin: V=4.103 (D— 1,025)xR. Bu yerda, V — zarur bo‘lgan suyuqlik miqdori (ml); 4.10 — koeffisiyent; D — bemor qon plazmasining nisbiy zichligi; 1,025 — plazmaning normadagi nisbiy zichligi; R — bemorning tana vazni (kg). Zudlik bilan venaga tuzli eritmalar quyishga kirishiladi. Asosiy eritmalardan biri trisol (eritmaning shartli no mi «5—4—1») hisoblanadi. Bu eritmani tayyorlash uchun apirogen bidistillangan (ikki marta distillangan) suv olinadi va 1 l bu suvga 5 g natriy xlorid g natriy gidrokarbonat va 1 g kaliy xlorid qo‘shiladi. Kvartasol ham juda foydali preparatlarga kiradi. U 1 l apirogen suvga 4,75 g natriy xlorid, 1,5 g kaliy xlorid, 2,6 g natriy asetat va 1 g natriy gidrokarbonat qo‘shish yo‘li bilan tayyorlanadi. Asesol preparatini ham ishlatish mumkin. Bu eritma 1 l apirogen suvga 5 g natriy xlorid, 2 g natriy asetat va 1 g kaliy xlorid qo‘shib tayyorlanadi. «Xlosol» eritmasi — 1 g apirogen suvga 4,75 g natriy xlorid, 3,6 g natriy asetat, 1,5 g kaliy xlorid qo‘shib, «Laktosol» eritmasi 1 l apirogen suvga 6,1 natriy xlorid, 3,4 natriy laktat, 0,3 natriy gidrokarbonat, Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling