E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Qayt qilish hamda ich ketishi to‘xtagandan keyin organizmning vibriondan tozalanishini tezlashtirish uchun bemorga tetrasiklin
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Qayt qilish hamda ich ketishi to‘xtagandan keyin organizmning vibriondan tozalanishini tezlashtirish uchun bemorga tetrasiklin
3—0,5 g dan kuniga 4 mahal 3—5 kun davomida yoki levomitsetin 5 g dan kuniga 4 mahaldan 5 kun davomida beriladi. Keyingi yillarda tarqala boshlagan shtammlar qo‘zg‘atadigan kasalliklarni davolashda floksasinlar — siprofloksasin-sifloks, ofloksasin-tarivid, peflok- sasin-abaktal preparatlari foyda beradi. Bu antibiotiklar katta yoshdagilarga kuniga 2 mahal 2 ta tabletka (500 mg) dan 5 kun davomida beriladi. Bu preparatlar bo‘lmaganda ampitsillin 2 tabletka (0,5 g) dan kuniga 4 mahal 5 kun davomida beriladi. Vibrion tashuvchilarda 5 kunlik antibiotik bilan davolash kursi o‘tkaziladi. 5% li glukoza eritmasini ko‘p miqdorda yuborish xato hisoblanadi. Chunki u elektrolitlar tanqisligini nafaqat yo‘qotmay, balki aksincha ularning plazmadagi konsentratsiyasi, ayniqsa kaliyni kamaytiradi. Ringer eritmasi oz miqdorda kaliy va natriy gidro- karbonatga ega. Qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar quyish ham mumkin emas. Bemorni yaxshi parvarishlash zarur. Qayt qilish vaqtida bemor- ning boshini ushlab turish lozim. Vabo kasalligi tana haroratining ancha pasayib ketishi bilan davom etgani uchun palata issiq bo‘lishi zarur, bemorga isitgich qo‘yiladi, iliq vanna (38—40°C) tayinlanadi. Qayt qilish to‘xtaganda sho‘rva, suyuq kasha, qatiq, kartoshkali pyure, kisellar va vitaminlar buyuriladi. Vabo bilan kasallangan bemorlarga maxsus ovqatlar tayinlanmaydi. Bemorlar va vibrion tashuvchilar shifoxonadan sog‘aygan- laridan, antibiotiklar bilan davolash kursi tugagandan va bakte- riologik tekshirishlar natijasi olingandan keyin chiqariladi. Shifo- xonadan chiqarishda bakteriologik tekshirish antibiotiklar bilan davolash tugagandan 24—36 soat keyin boshlanadi va bemor 3 kun ketma-ket tekshiriladi. Najas uch marta, o‘t suyuqligi (B va C porsiyalar) esa bir marta tekshiriladi. Oziq-ovqat obyektlari ishchilari hamda jigar va o‘t yo‘llari surunkali kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda bakteriologik tekshirish xuddi shu sharoitda 5 kun ketma-ket o‘tkaziladi (najas 5 marta, o‘t suyuqligi — bir marta). Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Suv ta’minoti manbalarini asrash, axlatlarni yo‘qotish va zarar- sizlantirish bo‘yicha kompleks sanitar-gigiyenik tadbirlar o‘tkaziladi. Ovqatlanish va suv ta’minoti bo‘yicha sanitar-gigiyenik nazorat o‘rnatiladi. Vaboning tarqalib ketish xavfi tug‘ilganda o‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari bilan kasallangan bemorlar faol tekshi- riladi, provizor bo‘limlarga yotqiziladi va bir marta vaboga tekshiriladi. Vabo o‘chog‘ida bo‘lgan va o‘choqda observatsiya o‘tmagan kishilar bir martalik vaboga tekshirish bilan 5 kunlik observatsiya tayinlanadi. Suv manbalarini tekshirish va suvni zararsizlantirish bo‘yicha kuchli nazorat o‘rnatiladi. Pashshalarni yo‘q qilish borasida ishlar olib boriladi. Epidemiyaga qarshi tadbirlar quyidagilardir: a) vabo, o‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riganlar va vibrion tashib yuruvchilarni aniqlash va ularni davolash uchun yotqizish; b) bemorlar, vibrion tashuvchilar hamda tashqi muhitning zarar- langan obyektlari bilan aloqada bo‘lgan kishilarni aniqlash va ajratish; d) vaboga chalingan bemorlar va vibrion tashuvchilarni davolash; e) profilaktik davolash; f) joriy va yakuniy dezinfeksiya o‘tkazish. Spetsifik profilaktika uchun vabo vaksinasi va xolerogen — anatok- sin qo‘llanadi. Vaksinatsiya epidemik ko‘rsatmalarga asosan o‘tka- ziladi. Vaksina teri ostiga birinchi marta 1 ml, ikkinchi marta (7—10 kundan keyin) 1,5 ml yuboriladi. Xolerogen — anatoksin yiliga bir marta qilinadi. Revaksinatsiya epidemik ko‘rsatmalarga asosan birlamchi immunizatsiyadan 3 oy keyin o‘tkaziladi. Preparat kurak ostiga 0,5 ml yuboriladi (revaksinatsiya uchun). Nazorat savollari Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling