Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Profilaktika asosan — chechakka qarshi emlashdan iborat. Hozirgi vaqtda chinchechak tugatilganligi uchun emlash o‘tkazilmaydi. Har bir chechak kasalligi yoki unga gumon qilingan holatlarga o‘ta muhim hodisa sifatida qaraladi. Mamlakatimizda chetdan chinchechak kiritilganligi aniqlansa yoki bu infeksiyaga gumon qilingan bemor aniqlangan hollarda darhol bemor izolatsiya qilinadi. Barcha aloqada bo‘lganlarni alohida ajratilgan binolarga izolatsiya qilinadi. Ular zudlik bilan chechakka qarshi emlanadilar va 17 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar.
Statsionar (izolyator, gospital)da o‘ta xavfli infeksiya uchun qabul qilingan epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlar o‘tkaziladi. Bemorlarni parvarish qilish uchun maxsus tibbiy xodim ajratiladi va u himoya kostyumida ishlaydi. Bemor joylashgan bino va u tekkan buyumlar 3% li xloramin yoki 5% li lizol eritmasi yordamida dezinfeksiya qilinadi; idishlar, tufdon va tuvaklar qaynatiladi. Bemorga ishlatilgan barcha bog‘lov materiallari va tamponlar kuydiriladi.
Nazorat savollari
Chinchechak etiologiyasi va patogenezi haqida gapirib bering.
«Simon uchburchagi» simptomi qachon paydo bo‘ladi?
Toshmalar paydo bo‘lish dinamikasi qanday?
Chinchechakka gumon qilinganda tibbiy xodim vazifasi nima- lardan iborat bo‘ladi?
Chinchechakda laboratoriya tekshiruvlari uchun material olish qoidalari qanday?
Virusologik tekshirish uchun qanday material olinadi?
Chinchechak tashxisi qo‘yilgan bemorlarni shifoxonadan chiqarish tartibi qanday?
Chinchechakning infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘t- kaziladi?
Infeksion mononukleoz (mononucleosis infectiosa)
Do'stlaringiz bilan baham: |