E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet101/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

35-rasm. Chinchechak.
oshma qurib po‘stloqning tushish davri kasallikning 11—12- kunidan boshlanadi. Isitma asta-sekin pasayadi va bemor sog‘aya
boshlaydi. Bu davrda pustulalar ochiladi, po‘stloq hosil qilib quriydi, bunda og‘riq va teri shi- shi kamayadi, lekin azob bera- digan teri qichishishi paydo bo‘- ladi. Kasallikning 3-haftasi oxiri va 4-haftasida po‘stloqlar tushib ketadi va bir umrga terida g‘adir- budur oqish chandiqlar qoladi. Kasallik asoratsiz kechganda 5— 6 haftagacha cho‘ziladi. Chin- chechakning ayrim klinik shakl- lari farq qilinadi.
Qo‘shilgan chechak toshma elementlarining yassi pufak­chalar hosil qilib o‘zaro qo‘shi-
lib ketishi bilan xarakterlanadi, bunda kuchli intoksikatsiya kuza- tiladi. Kasallikning bu shaklida o‘lim hollari yuqori bo‘ladi.
Gemorragik yoki qora chechakda vezikulalarga qon quyiladi, natijada ular to‘q jigarrang yoki qora rangga kiradi. Kasallik juda og‘ir o‘tadi va ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Chechak purpurasida terida ko‘plab qon quyilishlar, og‘ir toksikoz vujudga keladi va chechak toshmasi paydo bo‘lmasdan kasallikning 3—4-kuni o‘lim bilan yakunlanadi.
Varioloid — chechakning yengil shakli bo‘lib, vaksinatsiya qilingan kishilarda kuzatiladi, bunda vezikulalar pustulalarga aylanmaydi. Kasallikning boshlanish davri subfebril harorat bilan o‘tadi, boshlang‘ich toshma bo‘lmaydi, isitma qayta ko‘tarilmaydi.
Tashxisi. Kasallikka epidemiologik va klinik ma’lumotlar asosida tashxis qo‘yiladi. Xarakterli chin toshmalar bo‘lganda tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo chinchechakka birinchi tashxis qo‘yish ancha mushkul. Shuning uchun tashxis laboratoriya tekshirishlari ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi zarur. Laboratoriyada tekshirish uchun og‘iz va tomoq shilliq qavatlaridan ajratmalar, papula, pufakchalar va pustulalar ichidagi modda, teri po‘stloqlari va bemor qoni olinadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling