Mustaqil ishi mavzu: fobiya
Download 69.87 Kb.
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ashirova Yorqinoy Shermamatovna 2023 yil Fobiyalar
FAN VA TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI Yosh anatomiyasi fizialogiyasi FA MUSTAQIL ISHI MAVZU: FOBIYA 1-KURS 138-GURUH TALABASI Ashirova Yorqinoy Shermamatovna 2023 yil Fobiyalar — bemor miyasiga oʻrnashib qolgan qoʻrquv, vahima; kishi ruhiyatining buzilish holati. Koʻpchilik ruhiy kasalliklar (masalan, shizofreniya) da boshlangʻich belgi, nevrozlar hamda psixasteniyanmnt asosiy belgisi hisoblanadi. Qoʻrquv va vahima hissi bemor sezgi hamda xattiharakatlarida koʻrinadi. Fobiyalar mazmuni jihatidan turlicha boʻladi. Agarofobiyada kishi yakka oʻzi koʻcha va maydonlarni kesib oʻtishdan choʻchiydi. Ayxmofobiya — pichoq, qaychi, toʻgʻnogʻich va boshqa oʻtkir asboblardan (xuddi tanasiga qadaladiganidek) qoʻrqish; nozofobiya — ayrim tuzalmaydigan kasallikka chalinish yoki uni yuqtirishdan qoʻrqish (sifolofobiya — zaxmdan, kanserofobiya — rakdan); tanatofobiya — oʻlimdan vahimalanish; klaustobiya — odam gavjum joylar va transportda yurishdan qoʻrqish; monofobiya — yolgizlikdan, yakka qolishdan vahimaga tushish; ereytofobiya — qizarib ketish, uyalish va hokazo. Fobiyada bemor doim koʻngli gʻash, parishonxotir boʻlib, tushkunlikka tushadi, koʻpincha qoʻrquv taʼsirida oʻzini himoya qilayotgandek bemaʼni xatti-harakatlar (masalan, kasallik yuqmasligi uchun oʻzini haddan ziyod ozoda tutish, vaqtbevaqt qoʻl yuvaverish va boshqalar)ga odatlanadi. Qattiq charchash, qoʻrqish, ruhiy iztirob va boshqa natijasida sogʻlom kishilarda ham baʼzan vaqtinchalik fobiya kuzatiladi, lekin bu holat salbiy omillar yoʻqolganidan keyin oʻtib ketadi. Miyaga o‘rnashib qolgan qo‘rquvga fobiya deb aytiladi. Oddiy qo‘rquvdan farqli o‘laroq, fobiya birmuncha uzoq davom etadi. Turli xil fobiyalar farqlanadi: kanserofobiya – rak bo‘lib qoldim deb qo‘rqish, kardiofobiya – yuragim kasal deb qo‘rqish, lisofobiya – ruhiy xastalikka chalindim deb qo‘rqish, klaustrofobiya – yopiq joydan qo‘rqish (masalan, lift kabinasi, kichik xona), agarofobiya – aksincha, ochiq joylardan qo‘rqish va hokazo. Balandlik, metroda yurish, biror yuqumli kasallik yuqib qolishi, iflos bo‘lish va odamlar oldida so‘zga chiqishdan qo‘rqish kabi simptomlar ham fobiyalar uchun xosdir Download 69.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling