Nazorat savollari
Pnevmosistozda infeksiya manbai kimlar hisoblanadi?
Bemordan sog‘lom odamga pnevmosistoz qanday yuqadi?
Pnevmosistoz klinikasi va tashxisi haqida gapirib bering.
Kasallik profilaktikasi nimalardan iborat?
Gelmintozlar
Gelmintozlar — parazit chuvalchanglar — gelmintlar qo‘zg‘a- tadigan kasalliklardir. Grekcha helmins, helminthos — parazit chuvalchanglar degan ma’noni bildiradi.
Odam organizmida asosan 2 turdagi gelmintlar parazitlik qiladi (yassi va yumaloq chuvalchanglar). Odamda ko‘p uchraydigan gelmintlar quyidagi sinflarga kiradi: trematodalar yoki so‘rg‘ichlilar (Trematoda); sestodalar yoki lentasimon chuvalchanglar (Ces- toda); nematodalar yoki yumaloq chuvalchanglar (Nematoda).
Trematodozlar (trematodoses)
Trematodozlar — so‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfiga mansub parazit chuvalchanglar qo‘zg‘atadigan gelmintozlardir. Trematodalar (so‘rg‘ichlilar) — uncha katta bo‘lmagan gelmintlar bo‘lib, yassi lansetsimon yoki bargsimon tanaga ega, bo‘g‘imlardan mus- tasno. Ko‘p trematodalar — germafroditlardir. Bu sinfning barcha turlari biogelmintlar hisoblanadi. Parazitlar ikkita so‘rg‘ichga ega, ularning bittasi og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab tursa, ikkinchisi esa qorin so‘rg‘ichi — yopishib olish a’zosi bo‘lib xizmat qiladi. Qorin so‘rg‘ichi oziqlanishda hech qanday ahamiyatga ega emas. Trematodalar tuxumi qattiq qobiqqa ega (shistosomalardan tashqari). Trematodalarning oraliq xo‘jayinlari molluskalar hisoblanadi.
Shistosomoz (shistomosis)
Do'stlaringiz bilan baham: |