yo‘q — opistotonus qoqshol uchun xos.
B — saramas qo‘zg‘atuvchisi gemolitik streptokokk bo‘lib, u sharsimon shaklga ega va tashqi muhitga chidamli.
D — saramasda infeksiya zararlangan teri va shilliq qavatlar orqali kiradi.
A — saramasni davolashda penitsillin qatoridagi antibiotiklar ancha samarali hisoblanadi.
B — qoqshol qo‘zg‘atuvchilari klostridiylar bo‘lib, 4—8 mkm kattalikka ega.
D — qoqshol qo‘zg‘atuvchisi tayoqcha shaklida bo‘lib, hara- katchan, grammusbat, ekzotoksin ishlab chiqaradi va anaerob.
A — trizm — chaynash mushaklarining og‘riqli qisqarishi bo‘lib, qoqsholga xos belgidir.
E — ptoz — yuqori qovoqning osilib turishi bo‘lib, botu- lizmga xosdir.
B — opistotonus — qoqsholga xos belgi hisoblanib, nerv sistemasi zararlanishi tufayli yuzaga keladi.
C — qoqshol yuqumli kasallik bo‘lib, organizmga teri hamda shilliq qavatlar orqali kirgan toksin bilan markaziy nerv sistemasi zararlanadi, bunda skelet mushaklari taranglashib, tarqalgan tirishish kuzatiladi.
B — saramas yuqumli kasallik bo‘lib, chegaralangan va ajralib turadigan yallig‘lanish o‘chog‘i hosil qilgan holda teri jarohatlanishi va umumiy intoksikatsiya bilan kechadi.
Zoonozlar bo‘yicha test javoblari
yo‘q — Byurne sinamasi brusellyozga tashxis qo‘yishda qo‘llanadi.
ha — leptospirozda og‘ir hollarda sariqlik va gemorragik sindrom kuzatiladi.
yo‘q — tularemiya qo‘zg‘atuvchisi — tularemiya tayoqchasi hisoblanadi.
yo‘q — kuydirgida yarada og‘riq kuzatilmaydi, chunki nerv oxirlari nekrozga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |