E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqumli kasalliklarning umumiy epidemiologiyasi bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar
Nazorat savollari
Umumiy epidemiologiya nimani o‘rganadi? Epidemik jarayonning uchta zaruriy shartlarini gapirib bering. Ichak, nafas yo‘llari, qon (transmissiv) va tashqi qoplamlar infeksiyalarining yuqish yo‘llari qanday? Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya nima? Dezinfeksiya usullari va vositalari haqida gapirib bering. Immunitetning qanday turlarini bilasiz? Immunoprofilaktika maqsadida qanday preparatlar ishlatiladi? Vaksinalar va boshqa immun preparatlarni saqlash qoidalari qanday? «Xavfsiz inyeksiyalar» deganda nimani tushunasiz va dastur- ning maqsadi nima? Tibbiy hamshira ish joyini qanday tashkil qilishi kerak? Oldindan to‘ldirilgan injektor nima? Ishlatilgan tibbiy asboblarni xavfsiz yo‘qotish deganda nimani tushunasiz? Tibbiy chiqindilarni kuydirish o‘chog‘ining tuzilishi va ish rejimi haqida qisqacha gapirib bering. Yuqumli kasalliklarning umumiy epidemiologiyasi bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar Kasal hayvonlar odam uchun infeksiya manbai bo‘lishi mumkinmi? A) ha; B) yo‘q. Immunitetni sun’iy ravishda hosil qilish mumkinmi? A) ha; B) yo‘q. Inyeksiya qilgandan keyin hamshira shpris ignasining qop- qog‘ini yopib qo‘yishi mumkinmi? A) ha; B) yo‘q. Epidemik jarayon yuzaga kelishi uchun necha xil sharoit (harakatlantiruvchi kuchlar) bo‘lishi shart? A) 4 xil; B) 3 xil; C) 2 xil; D) 5 xil; E) to‘g‘ri javob beril- magan. Peroral yuqish mexanizmida qo‘zg‘atuvchi organizmga qanday tushadi? A) havo orqali; B) qon orqali; C) teri orqali; D) jinsiy yo‘l bilan; E) og‘iz orqali. Kemiruvchilarni yo‘qotish nima deb ataladi? A) dezinfeksiya; B) deratizatsiya; C) dezinseksiya; D) dezin- toksikatsiya; E) to‘g‘ri javob yo‘q. Xlorli ohakning ishchi eritmalari necha foizli asosiy eritmadan tayyorlanadi? A) 5%; B) 10%; C) 1%; D) 20%; E) 3%. Sun’iy faol immunitet hosil qilish uchun qanday preparatlar qo‘llanadi? A) vaksinalar, zardoblar; B) anatoksinlar, zardoblar; C) im- munoglobulinlar; D) vaksinalar, anatoksinlar; E) zardoblar, immunoglobulinlar. Dezinfeksiyaning fizik vositalari qaysi javobda noto‘g‘ri ko‘r- satilgan? A) kuydirish; B) qaynatish; C) quyosh nurlari; D) xlora- min; E) ultrabinafsha nurlar. Tirik vaksinalar bugungi kunda qanday infeksiyalar profilak- tikasida qo‘llanilmoqda? A) quturish; B) poliomiyelit; C) sil; D) tularemiya; E) bar- chasi to‘g‘ri. Muzlatish mumkin bo‘lgan vaksina qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) B gepatitga qarshi vaksina; B) AKDS, ADS; C) BSJ; D) ADS-m; E) AS. «Xavfsiz inyeksiyalar» dasturiga qaysi javob to‘g‘ri kelmaydi? A) shprislarni qutichaga tashlashdan oldin ignalari ajratib olinadi yoki qopqog‘i bilan yopiladi; B) bir martalik tibbiy asbob- lar yuqori haroratda igna erigunga qadar kuydiriladi; C) vaksina qoldig‘i bo‘lgan flakonlar, ishlatilgan paxta tamponlari kuydirib yo‘qotiladi; D) harorati +800C gacha ko‘tariladigan kichik hajmdagi mufel pechlar qo‘llanilishi mumkin; E) kuyindilar maxsus chuqurlarga ko‘mib tashlanishi shart. «Xavfsiz inyeksiyalar» dasturini qo‘llash uchun quyida- gilardan qaysilari amalga oshirilmoqda? A) o‘zi buziladigan qisqichli shprislar qo‘llanmoqda; B) bir marta ishlatiladigan shprislarni qaynatish uchun moslamalar ishlab chiqarilmoqda; C) monodozali inyeksion moslamalar ishlab chiqarilmoqda; D) chiqindilarni yo‘qotish uchun insinera- torlardan foydalanilmoqda; E) A, S va D. Dezinseksiya bu A) hasharotlarni yo‘qotish demakdir; B) mikroblarni yo‘qo- tish demakdir; C) kalamushlar (kemiruvchilar)ni yo‘qotish demakdir; D) A, B va C; E) to‘g‘ri javob yo‘q. Formalin va issiqlikning uzoq ta’siri natijasida yuqum- sizlantirilgan toksinlar nima deyiladi? A) zardoblar; B) anatoksinlar; C) ekzotoksinlar; D) immu- noglobulinlar; E) endotoksinlar. Qaysi kasalliklarga qarshi tirik vaksinalar ishlab chiqarilgan? A) ko‘kyo‘tal, sil va vabo; B) qorin tifi, quturish va ko‘kyo‘tal; vabo, leptospiroz va quturish; D) quturish, sil va poliomiyelit; E) leptospiroz, ko‘kyo‘tal va vabo. «Xavfsiz inyeksiyalar» dasturiga ko‘ra: ish joyini toza tutish, chiqindilarni yo‘qotish qoidalariga rioya qilinadi, ishlatilgan shprislar kuydirib yo‘q qilinadi; B) o‘rami ochilgan shprislar maxsus steril joyda saqlanadi, inyeksiyadan keyin xavfsizlik uchun igna uchi qopqog‘i bilan yaxshilab yopiladi va kuydiriladi; C) har bir inyeksiya uchun faqat bir marta ishlatiladigan shprisdan foydalaniladi, inyeksiyalarni kam tayin- lash zarur; D) A va C; E) barcha javoblar to‘g‘ri. masala Yuqumli kasalliklar shifoxonasi qabul bo‘limiga bir vaqtning o‘zida ikkita bemor yotqizildi. Bemorlarning shikoyatlari, epide- miologik anamnezi va ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha ularga ichak infeksiyasi hisoblangan «dizenteriya» tashxisi qo‘yildi va laboratoriyada tekshirish uchun materiallar olish tayinlandi. Bunday holatda qabul bo‘limida qanday ishlar amalga oshi- riladi? Infeksiya manbaini zararsizlantirish turlarini gapirib bering. masala Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 34 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemor ko‘ngil aynishi, ko‘p marta qusish, qorinning burab og‘rishi, ich ketishi va holsizlikdan shikoyat qiladi. Tekshiruvlardan keyin bemorga ovqat toksikoinfeksiyasi tashxisi qo‘yildi. Bemorning aytishiga ko‘ra, uy hayvonlaridan tovuqlarda «o‘lat» kasalligi aniq- langan. Bemorda o‘lat kasalligiga gumon qilinishi mumkinmi? O‘latga qarshi tadbirlar o‘tkaziladimi? masala Tibbiyot hamshirasi muolaja xonasida inyeksiyalar tayyor- lashdan avval qo‘llarini yaxshilab yuvdi va bir marta ishlatiladigan shprisni o‘rami yirtilgan bo‘lsa-da, muddati o‘tmaganligiga ishonch hosil qilgandan keyin uni ochdi va inyeksiya uchun eritma (vaksina) ni oldi. Inyeksiyadan keyin igna uchiga qopqog‘ini kiygizib maxsus quticha (keyingi yillarda tibbiyot muassasalarida maxsus qutichalar qo‘llanilmoqda) ga soldi. Qutichalar keyinchalik maxsus (mufel) pechkalarda yuqori haroratda kuydirildi. Tibbiy hamshira qanday xatolarga yo‘l qo‘ydi? «Xavfsiz inyeksiyalar» dasturi bo‘yicha umumiy ma’lumot bering. «Xavfsiz inyeksiyalar» dasturiga asosan inyeksiyalar qilishdagi qoidalar haqida gapirib bering. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling