E. M. Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik
Download 253.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu boyicha maruza matn
perseptiv - ya’ni Bular shunday xarakatlarki, ularning okibatida atrofdagi
predmetlar va xodisalar tugrisida yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat, narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi xamda esda saklab turilishi bilan boglik murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati - akl, faxm - farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboklarni echishga karatilgan faoliyat; imajitiv - («image» -obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, xar qanday faoliyat xam tashki xarakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashki faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizasiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan goyalarni bevosita tashqi xarakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizasiya deb yuritiladi. Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra xam farklanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim xarakatlar boshida xar bir elementni jiddiy ravishda, aloxida-aloxida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vakt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina kismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda, malaka xosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, xar birimiz shu tarzda xat yozishga
o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz kat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maksadi va talablariga ko‘ra xarakatlarni muvaffakiyatli bajarishni ta’minlasa, biz Buni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘unikmalar - doimo bizdagi anik bilimlarga tayanadi.Masalan, ko‘nikma va malakalar uzaro boglik bo‘ladi, shuning uchun xam ukuv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffakiyatli ukishini ta’minlaydi. Ikkalasi xam mashklar va kaytarishlar vositasida mustaxkamlanadi. Agar, fakat malakani oladigan Bo‘lsak, uning shakllanish yo‘’llari quyidagicha bo‘lishi mumkin: oddiy namoyish etish yo‘li bilan; tushuntirish yo‘li bilan; ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan. Shaxs xayotida ko‘nikma va malakalarning axamiyati katta. Ular bizning jismoniy va akliy urinishlarimizni engillashtiradi va o‘kishda, mexnatda, sport soxasida va ijodiyotda muvaffakiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. Faoliyatni klassifikasiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarkalgan usuli - Bu barcha insonlarga xos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yicha tabakalashdir. Bu - o‘yin, o‘kish va mexnat, mulokot faoliyatlaridir.
Uyin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, xarakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar xatti-xarakatlarining ma’no va moxiyatini anglab etolmaydi.
Uqish faoliyati xam shaxs kamolotida katta ro‘l o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.
Mexnat qilish xam eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maksadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat tarakkiyotiga xissa ko‘shishdir. Bugungi kunga kelib psixologiya fanida muloqat jarayoni xam faoliyatning bir turi sifatida tan olinib o‘rganilmoqda. Shu o‘rinda muloqatni xam faoliyatning turlari tarkibiga kiritishimiz mumkin.
Mulokot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehiyojlardan biri - insoniy bilish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiklashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chikadi. Shaxs oz taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orkali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi. Xar qanday kasbni egallash, nafakat egallash, balki uni maxorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun xam unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslav qolish va kerak bo‘lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bulmay, balki xam ichki (psixik), xam tashki (predmetga yo‘naltirilgan) xarakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bogliq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin xar bir shaxsni u yoki Bu faoliyat turi bilan shugullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muxim bo‘lib, Bu faoliyat motivlaridir. Download 253.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling