E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

dissimilatsiya  yoki  katabolizm  deyiladi.Dissimilatsiya  (dissimulo-o'xshamaydigan 
qilaman  so'zidan  olingan)  orga-nizm  faoliyati  jarayonida  murakkab  organik 
moddalarining 
bo'linishi,o'zgarishi,ya'ni 
assimilat-siyaga 
qarama-qarshi 
jarayondir.Boshqacha 
qilib 
aytganda, 
dissimilatsiya 
jarayonida 
hujayralar 
tizimi,jumladan 
oqsil 
birikmalar 
tarkibiga 
kiradigan 
moddalarning 
parchalanishi,bo'linishi,  tirik  materiyaning  yemirilishi  demakdir.Buning  natijasida 
energiya 
hosil 
bo'ladi 
va 
bu 
energiya 
assi-milatsiya 
jarayoni 
uchun 
sarflanadi.Dissimilatsiya jarayoni natijasida hosil bo'lgan qoldiq mod-dalar (karbonat 
angidrid,  suv,  azot  qoldiqlari  va  boshqalar)  ayirish  a'zolari  orqali  tashqariga  chi-
qariladi.Ma'lumki,odam  va  hayvonlar  organizimida  energiyaning  yagona  tabiiy 
manbasi  orga-nik    moddalarning  oksidlanishidir.Bu  moddalarning  parchalanishi 
natijasida  mushaklarning  me-xanik  faoliyati  uchun  kerak  bo'lgan  energiya  hosil 
bo'ladi.Energiyaning  qolgan  qismi  esa,  mu-rakkab  birikmalarning  sintezlanishi  va 
uning maxsus makroergik tizifnlarda zahira bo'lishi u-chun sarflanadi. 


 
89 
Shunday 
qilib,makroergik 
birikmalar 
deb,parchalanganda 
energiya 
chiqaradigan  moddalarga  aytiladi.Odam  organizmida  makroergik  moddalar  rolini 
adenozintrifosfat (ATF) va kreatinfosfat (KF) o'ynaydi. 
Odam  organizmida  assimilatsiya  va  dissimilatsiya  jarayonlari  bir-biriga 
bog'liq  holda  davom  etadi.Sog'lorri  bo'lgan  katta  odamlarda  bu  ikkala  jarayon  bir-
biriga  teng  muvozanatda  bo'ladi.Yosh  organizmda  assimilatsiya  jarayoni  ustunroq 
bo'lib,  buning  natijasida  o'sish  va  rivojlanish  ta'minlanadi.Keksa  odamlar 
organizmida  esa  dissimilatsiya  jarayoni  ustun  keladi.  Shuning  uchun  ham 
keksalarning  terisi  salqi  bo'lib,yuzlarida  ajin  paydo  bo'ladi,tana  mushaklari 
bo'shashib,ularning  hajmi  kichrayadi  va  qorni  osilib  qoladi.Og'ir  kasalliklar  vaqtida 
ham  dissi-milatsiya  kuchayadi,shuning  uchun  hatto  yosh  odamning  ham  rangi 
so'liydi,terisi  quriydi,  yuzi-da  ajin  paydo  bo'ladi, mushaklari  bo'shashadi, tana  vazni 
kamayadi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling