E nuritdinov


Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta'siri


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta'siri 
 
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar- natijasida modda va energiya almashinuvi oshadi. 


 
86 
Organizmning ovqatga bo'lgan ehtiyoji ortib hazm 
tizimi  faoliyati  kuchayadi.  Ishtahaning  ortishi  me'da-ichak  yo'llarida  shira  ajralib 
chiqish  jarayonini  faollashtirib,  organizmda  o'tayotgan  butun  hazm  jarayonlariga 
ijobiy ta'sir yetkazadi. Biroq mushak faoliyatining hazm bezlariga ko'rsatadigan ta'siri 
hamma vaqtda ham ijobiy bo'la olmaydi. Ovqat iste'mol qilingandan key in jismoniy 
ish bajarishi, aksincha hazm a'zolari faoliyatiga salbiy ta'sir yetkazishi ham mumkin; 
me'da-ichakda  shira  chiqaruvchi  bezlarning  faoliyati  pasayib  ketadi  va  hatto 
tormozlanadi. 
Hayvonlar ustida o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, mushak faoliyati jarayonida 
hazm  bezlarining  sekretsiyasi  susayadi,  reflektor  yo'l  bilan  sekretsiya  bo'ladigan 
hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi. 
Jismoniy  ish  va  jismoniy  mashqlar  paytida  ovqat  hazm  qilish  jarayonlarining 
tormozlanishi  markaziy  asab  tizimida  hazm  markazlarining  tormozlanishi  bilan 
bog'liq  bo'lishi  mumkin.  Bu  funksional  o'zgarishlar  markaziy  asab  tizimida 
qo'zg'algan  harakat  markazlariga  manfiy  induksiyaning  paydo  bo'lishi  bilan 
asoslanadi. 
Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta'sirot yetkazadigan yana bir 
omil,  bu  qonni  qayta  taqsimlanisnidir,  buning  natijasida  hazm  bezlarning  qonga 
ehtiyoji  pasayadi  va  ularning  sekretsiyasi  susayadi.  Shuning  uchun  ovqat  iste'mol 
qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan shug'ullanish man etiladi. 
Sportchilar  bilib  olishlari  kerakki,  jismoniy  mashqlar  va  mushak  faoliyati  nafaqat 
hazm  jarayonlariga  salbiy  ta'sir  ko'rsatadi,  balki  ovqatning  qayta  hazm  qilish 
faolligiga  hamda  mushaklarning  harakat  faoliyatiga  halaqit  beradi.  Hazm 
markazlarining  qo'zg'alishi,  qonning  mushaklardan  qorin  bo'shlig'iga  oqib  borishi 
jismoniy  mehnatga  salbiy  ta'sir  yetkazadi.  Bundan  tashqari,  me'dada  ovqatning  ko'p 
yig'ilishi  diafragmani  ko'tarib  turadi,  bu  holatda  nafas  va  qon  aylanish  tizimlariga 
salbiy  ta'sir  yetkazadi.  Shuning  uchun  ovqat  iste'mol  qilish  va  jismoniy  mashqlar 
o'rtasidagi muddat 2-2,5 soatni tashkil etishi kerak. Biroq odam ko'p vaqt bu qoidaga 
rioya  qilmaydi.  Buning  uchun  kishi  aniq  bilishi  kerakki,  ovqatni  iste'mol  qilish  va 
jismoniy mashqlarning bajarilishi o'rtasidagi vaqt bir soatdan kam bo'lmasligi kerak. 
Hazm a'zolarining faoliyatini turli sharoitlarga moslanishi odamning turli mehnat va 
sport  mashqlari  bilan  bog'liq  faoliyatini  yo'lga  qo'yishlari  ahamiyatga  ega.  Masalan, 
tashqi  muhitning  issiq  harorati  ovqat  hazm  qilish  a'zolari  faoliyatiga  salbiy  ta'sir 
ko'rsatadi.  O'zbekistonda  yoz  faslida  havo  harorati  soya  joyda  +40-47°  gacha 
ko'tariladi. Bunday sharoitda organizm a'zolari faoliyati keskin o'zgaradi, nafas olish 
va  yurak  urishi  tezlashadi,  ter  ajralishi  kuchayadi  va  hatto  asab-mushak  faoliyatida 
ham  o'zgarishlar  yuz  beradi.  Natijada  odam  organizmi  ko'p  suv  yo'qotadi,  qon 
quyuqlashadi,mushak-asab  qo'zg'aluvchanligi  o'zgaradi.  Shuning  uchun  issiq 
sharoitda odam organizmining chidamli bo'lishi, jismoniy mehnatning unumdorligini 
oshirishi  va  turli  sport  turlari  bo'yicha  muvoffaqqiyatlarga  erishish  uchun  organizm 
adaptatsiyasining chora tadbirlarini o'ylab topish zaruriyati tug'iladi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling