E nuritdinov
ОЧ safroning hosil bo'lishi, ajralib chiqishi va ovqat hazm qilish jarayonida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
ОЧ safroning hosil bo'lishi, ajralib chiqishi va ovqat hazm qilish jarayonida
qatnashishi O't pufak o'ti, ya'ni o't pufagidan ichakka qo'yiladigan o't va jigar o'ti ikki xilga bo'linadi. Ularning farqi shuki, pufak o'ti quyuqroq bo'ladi, chunki ovqat hazm qilinmagan vaqtda o't pufakda to'planib, suvi qisman so'riladi. O't quyuqlashib, rangi qoramtirroq bo'lib qoladi. Jigar o'ti esa hosil bo'lgach o't pufagiga kirmay, to'g'ridan- to'g'ri ichakka quyiladi. Jigar o'ti och sariq bo'lib, suyuq choyga o'xshaydi. O't - safroning jigardan hosil bo'lishi xolerez deyiladi. O't ovqat hazm qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgani sababli jigarda uzluksiz hosil bo'ladi. Ammo o'n ikki barmoqli ichakka o't ovqat hazm qilish vaqtida quyiladi. Ovqat hazmi to'xtaganda o't (safro) o't pufagida to'planadi. Odamda bir kecha kunduzda hammasi bo'lib 0,5-1,5 1 o't hosil bo'ladi. O'tning asosiy tarkibiy qismini o't kislotalari, o't pigmentlari va xolesterin tashkil qiladi. Undan tashqari uning tarkibiga yog' kislotlari, musin, turli ionlar: Na+, K+, Ca2+, Gl, HCO3 va boshqa moddalar ham kiradi; jigardagi o'tning pH-7,3-8,0 va pufakdagi o'tning pH-6,0-7,0 ga teng. O'tning birlamchi kislotalari - xoll va xenodezoksixol kislotalari jigar hujayralari (gepatotsitlar) da xolesterindan hosil bo'lib, glisin yoki taurin bilan birikib natriy tuzlari (glikoxol) va kaliy tuzlari (tauroxol) kislotalari shaklida chiqariladi. Ichakda esa ular bakterial flora ta'siri ostida ikkilamchi o't kislotalari dezoksixol va litoxollarga aylanadi. Ichakdan o't kislotalarining 90% igacha qonga reabsorbsiyalanib, jigarga qaytadi. O't pigfnentlariga bilirubin va biliverdin kiradi. Bilirubinning oksidlanishi tufayli biliverdin hosil bo'ladi. Odam o'tida asosan bilirubin bor. Eritrotsitlar parchalanganda chiqadigan gemoglobindan bilirubin hosil bo'ladi. 1 g gemoglobindan 40 mg bilirubin hosil bo'ladi. O't - safroning hosil bo'lishi (xolerez) ovqat iste'mol qilgan vaqtda ortadi. Lekin xolerezning eng asosiy sababchisi sekretin hisoblanadi, chunki uning ta'sirida o'tning 84 sekretsiyasi va undagi bikarbonatlarning miqdori oshadi. Xolerez jarayoni uchun ichakdan qonga so'riladigan o't kislotalarning ahamiyati juda katta, ular o't va undagi organik moddalarning miqdorini ko'payishiga sababchi bo'ladi. O't hosil bo'lishini qo'zg'atuvchi gumoral ta'sirlovchilar orasida o'tning o'zi alohida o'rin tutadi. Qonga o't yuborilganda jigar hujayralarining sekrelor ishi kuchayadi, natijada ular qonga kiritilganiga qaragartda ko'proq o't chiqaradi. Ba'zi moddalar gumoral yo'l bilan ta'sir etib, jigar hujayralarida o't hosil bo'lishini qo'zg'aydi. Gastrin, sekretin va go'sht ekstraktlari shunday gumoral moddalardan hisoblanadi. Bu moddalarning hammasi sekretor hujayralarga bevosita ta'sir etib, o't-safrohosil bo'lishini qo'zg'aydi. O't asab impulslarining ta'sirida refleks yo'li bilan ham hosil bo'ladi. Adashgan va o'ng diafragmal asablar qo'zg'alishi natijasida o'tning jigar hujayralaridan chiqishi kuchayadi, simpatik asablar esa, aksincha, o't sekretsiyasiga tormozlanuvchi natija beradi. Bu murakkab jarayonga reflektor yo'li bilan ham ta'sir yetkazish mumkin. Masalan, me'da, ingichka va yo'g'on ichaklarning retseptorlaridan (intero retseptorlardan) keladigan asab impulslari ham o't chiqarish jarayoniga o'z ta'sirini yetkazadi. Bosh miya yarim sharlari po'stlog'i o'tning hosil bo'lishiga va ajralib chiqishiga ishtirok etib, jigarning fiziologik holati va organizm tomonidan iste'mol qilingan ovqatning turiga qarab o't chiqarishi jarayonini boshqaradi. Iste'mol qilingan ovqat turiga qarab, o'tning miqdori va tarkibi turlicha bo'ladi. Sut, go'sht va non kuchli o't chiqaruvchi omillarga kiradi. Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, go'sht yeyilganda o'tning ishlab chiqarish davomiyligi 7 soatga teng, nonda 10 soat va sutda 9 soat. O't go'sht ya sutga ko'p miqdorda sekretsiyalanadi, nonda esa kam. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling