E nuritdinov
Me'daning harakat (motor) funksiyasi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Me'daning harakat (motor) funksiyasi
Me'dadagi ovqatni shira bilan aralashishi, harakati me'daning chiqish qismiga qarab siljishi uning motor funksiyasi tufayli amalga oshiriladi. Me'da devorida silliq mushaklar bo'lib, ular kuchsiz taranglangan holatda (tonusda) turadi. Bu me'da bo'shlig'ida doimo bosim bo'lishini ta'minlaydi. Me'dada ovqat bo'lmaganda ham uning devori davriy harakatlanib turadi. Bunday harakat 10-15 daqiqa davom etadi va har 1,5-2,0 soatda takrorlanadi. Shunday qilib, me'da devoridagi shilliq mushak tolalarining qisqarishi me'daning motor funksiyasini, ya'ni harakat funksiyasini ta'minlaydi.Buning ahamiyati me'dadagi ovqatni aralashtirib undan ichakka o'tkazishdan iborat. 81 Ovqatning ichakka o'tishini boshqarishda pilorik sfinktcr muhim rol o'ynaydi. Pilorik sfinkter me'daning pilorik qismi oxirida bo'lib, me'dadan chiqish qismini berkitib turadi. Prepilorik sfinkter esa me'daning fundal qismi bilan pilorik qismi orasida bo'ladi. Me'da devorining to'lqinsimop (peristaltik) harakati natijasida ovqat me'daning kirish qismidan chiqish (pilorik) qismi tomon suriladi va ovqat luqmalari holida o'n ikki barmoq ichakga o'tadi. Me'da devorining harakati asab va gumoral yo'l bilan boshqariladi. Asab yo'li bilan boshqarilishda simpatik asab tolalari qo'zg'alishi me'da devori harakatini susaytiradi, adashgan tolalar qo'zg'alishi esa kuchaytiradi. Me'da devorining harakatini boshqaradigan markazlar markaziy asab tizimining turli bo'limlarida uzunchoq miya, gipotalamus, limbika gumbazida joylashgan. Me'da devori harakatining gumoral yo'l bilan boshqarilishida gastrointestinal gormonlar katta ahamiyatga ega. Gormonlardan gastrin, motilin, serotonin, insulin, gistamin, xolin me'da harakatini kuchaytiradi, sekretin, xolesistokinin, pankreozimin esa, sekinlashtiradi. Qusish Qusish - organizmga kirgan zarrali moddalaming organizmdan chiqib ketishiga yordam beradigan himoya jarayonidir. Qusish vaqtida avval ingichka ichak devorlari qisqarib, ularning ichidagi aralashma massa orqaga qarab (antiperistaltik harakat) qaytadi va me'daga qayta chiqadi. So'ngra me'daning kirish qismi keng ochiladi va diafragma bilan qorin devorining zo'r berib qisqarishi tufayli me'da ichidagi massa qizilo'ngachga otilib chiqadi, u yerdan esa og'izga o'tib, tashqariga chiqadi. Qusish reflektor jarayon bo'lib, tomoq, til ildizi, me'da, ichak shilliq pardasi va shunga o'xshashlarning ta'sirlanishi kelib chiqadi. Retseptorlar ta'sirlanganda paydo bo'ladigan qo'zg'alish uzunchoq miyadagi qusish markaziga boradi va u yerdan makkazdan qochuvchi asablar orqali mushaklarga (qusish vaqtida qisqaradigan mushaklarga) keladi. Qonga yoki terining ostiga apmorfin yuborib, kishi yoki hayvonni qustirish mumkin. Uzunchoq miyani aylanib o'tadigan qonda shu modda paydo bo'lsa, qusish markazi qo'zg'aladi. Odam nafas chiqarib turib qusadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling