O'n ikki barmoq ichakda ovqat hazm bo'lishi
O'n ikki barmoq ichakga tushgan ovqatga me'da osti bezining shirasi (pankreatik
shira), o't, shuningdek o'n ikki barmoq ichakning shilliq pardasidagi Brunner va
Liberkyun bezlarining shirasi ta'sir etadi (56, 57 rasmlar).
Ovqat hazm qilinmayotgan vaqtda o'n ikki barmoq ichak suyuqligi sal-pal ishqoriy
reaksiyali (pH o'rtacha hisob bilan 7,2-8,0 ga teng) bo'ladi. Me'daning nordon
suyuqlik porsiyasi o'tganda o'n ikki barmoq ichakka suyuqlik reaksiyasi nordon bo'lib
qoladi, lekiri' me'da shirasidagi xlorid kislota ichakda neytrallangani uchun reaksiya
tezda ishqoriy tomonga
o'zgaradi. Odamning o'n ikki barmcq ichagidagi faol reaksiya pH 4,0-8,5 atrofida
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |