E nuritdinov
Me'da shirasining tarkibi va xossalari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Me'da shirasining tarkibi va xossalari
Bir kunda katta kishilar me'dasidan chiqadigan shiraning miqdori 2,0-3,0 1 ni tashkil 80 qiladi. Odam me'dasining toza shirasi tiniq, rangsiz, kislota reaksiyali suyuqlikdir. Kislota reaksiyasi uning tarkibida xlorid kislota borligiga bog'liq. Odamning me'da shirasida 0,4-0,5% HC1 bor, toza^ shiraning pH 1,5-1,8 ga teng. Me'dada ovqat turganda me'da suyuqligidagi HC1 konsentratsiyasi biroz past, ya'ni pH 1,5-2,5 ga teng bo'ladi. I.P.Pavlovning fikricha, normal sharoitda me'da bezlaridan ishlanib chiqadigan kislota konsentratsiyasining pasayishiga o'n ikki barmoqli ichakdan kiradigan ishqoriy shira va me'daning o'zida ishlanib chiqadiganbilan me'daning sekretor hujayralariga ta'sir etadi. Gistamin esa me'daning shilliq qavatida hosil bo'lib, me'daning sekretor hujayralariga parakrin yo'li bilan va N2 - gistamin retseptorlari orqali ta'sir etadi. Me'da bezlari sekretsiyasining kimyoviy qo'zg'atuvchilaridan yana bir guruhi oqsillarning gidroliz mahsulotlari polipeptidlar va aminokislotalar hisoblanadi. Bu ta'sirlovchilar ham gastrin sekretsiyasini qo'zg'atuvchi omillar hisobiga kiradi. Gastrin ishlab chiqaradigan hujayralarda me'da bo'shlig'iga qaratilgan mikrovorsinkalar mavjud bo'lib, ular yordamida bu hujayralar kimyoviy qitiqlagichlar ta'sirini qabul qilishadi. Gastrin me'daning qoplovchi hujayralari faoliyatini kuchaytirib xlorid kislotani ishlab chiqarishga ishtirok etadi, Lekin me'da shirasining muhiti faqat - pH 3,0 dan pastroq bo'lganida gastrinning sekretsiya tizimida manfiy qaytarma aloqa borligidan dalolat beradi. Me'da shirasida me'da sekretsiyasini tormozlanuvchi somatostatin peptidi borligi haqida ham ma'lumotlar bor. Me'da sekretsiyasining ichakka taalluqli fazasida o'n ikki barmoq ichakning shilliq qavatidan ishlab chiqadigan sekretin HC1 sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir yetkazadi, lekin pepsinogen sekretsiyasini qo'zg'atadi. Me'da shirasi sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir yetkazadigan yana bir omil - yog'dir. Yog'ning bunday tormozlovchi samarasi me'da bezlari faoliyatiga xolesistokinin va gastroingibitor peptidlarining ta'siri orqali amalga oshiriladi degan taxminlar bor. Me'da sekretsiyasiga ta'sir qiluvchi omillardan yana biri - emotsiya va stress hisoblanadi. Bu vaqtda adrenergik ta'siri yaqqol kuzatiladi, chunki simpatoadrenal tizimining faollanishi xlorid kislota sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir baxsh etadi. Shuningdek, emotsional hayajonlanish (qo'rquv, g'am-g'ussa) me'dada shira ishlab chiqarishini pasaytirsa, achchiqlanish, qahru-g'azab, qattiq asabiylik, aksincha, me'da sekretsiyasini kuchaytiradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling