E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
So'lak fermentlari
So'lakni silliqlashda ishtirok etadigan oqsil - mutsin deyiladi. U ovqat bilan aralashib, uni yutilishini qo'lay holga keltiradi. Odam so'lagida amilotik fermenti- ptialin (amilaza, diastaza) bo'ladi. Bu ferment kraxmalga tasir etib, uni dekstrinalarga va disaxarid - maltozaga parchalantiradi. Ikkinchi bir ferment - maltaza disaxarid maltozaga ta'sir etib, uni glukozaga aylantiradi. Bu fermentlar ishqoriy, neytral va nofaol kislotali sharoitda ta'sir etadi. Fermentlar asosan quloq oldi va jag' osti bezlarida ishlab chiqariladi. Ovqat og'izda qisqa vaqt turganligi uchun ptialin karbonsuvlarni oxirigacha parchalab ulgura olmaydi. Uning ta'siri me'dada ham davom etib, ovqat ichiga kislota kirguncha davom etadi. Me'da shirasidagi kislota ovqatga tasir qilgandan keyin ptiaJin karbonsuvlarga ta'sir etmay qo'yadi. Odam so'lagida ptialin va maltazadan tashqari fermentga o'xshagan modda lizosim ham bo'ladi .Bu modda mikroblarni o'ldirish xususiyatiga ega. Odamda bir kunda ishlab chiqariladigan so'lak miqdori o'rtacha 1,5 1 ni tashkil qiladi. Ba'zan o'txo'r 78 hayvonlarda esa (masalan, ot, sigir) bir kunda 46-60 1 gacha so'lak ishlab chiqariladi. So'lak bezlarining innervatsiyasi. So'lak chiqadigan qitiqlagich ovqat bo'lib, bu ta'sir natijasida tez so'lak ajralib chiqadi. Qitiqlagich ta'sir etishi bilan so'lak chiqquncha bo'lgan vaqt yashirin yoki latent davr deyiladi. Bu vaqt 2-3 soniyani tashkil etadi. So'lakning tarkibi og'izga tushadigan moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlariga qarab har xil bo'ladi. Quruq ovqatlarga so'lak ko'p ajraladi. Shuningdek kislota va ishqoriy reaksiyali ovqat moddalariga ham ko'p miqdorda va suyuq so'lak chiqadi Bundan ma'lumki, so'lak bezlarining ishi ovqat turiga qarab o'zgarib turadi. So'lak chiqishi reflektor jarayondan iborat bo'lib, markaziy asab tizimi orqali boshqariladi. Og'izga ovqat tushishi bilan undagi sezuvchi asab uchlari qitiqlanadi, ta'sirot markazga intiluvchi asab tolalari orqali markazga borib, keyin so'lak bezlariga keladi va so'lak ajrata boshlaydi. Og'iz shilimshiq qavatining bir qismida o'rnashgan retseptorlar kimyoviy qitiqlagichlarga sezgir bo'ladi. Achchiq va sho'r moddalar til tubidagi retseptorlar orqali so'lak chiqaradi. Termoretseptorlar butun til ustida, mexanoretseptorlar esa til uchi, til tubi, tanglay va yuqori labda joylashgan bo'ladi. So'lak bezlariga keluvchi til asabi, til - tanglay asabi, sayyor asabning tolasi va nog'ora tori asabi sezuvcni asablardir. Har bir s.o'lak bezi simpatik va adashgan asab bilan ta'minlangan. Jag' osti va til osti bezlariga nog'ora tarkibiga o'tib boradigan adashgan asab tolalari keladi. Quloq oldi bezlari til-halqum asabidan adashgan tolalar oladi. Adashgan asablarda so'lak chiqaruvchi va tomirlarni kengaytiruvchi tolalar bo'ladi. Simpatik asablar so'lak bezlariga ustki bo'yin simpatik tugunidan boradi. Adashgan asablar, xususan, nog'ora tori qitiqlangan vaqtda ko'p miqdorda-suyuq so'lak chiqadi. Simpatik asab qitiqlanganda esa organik moddalarga boy bo'lgan quyuq so'lak ajraladi. Agar simpatik va adashgan asablar uzoq vaqt qitiqlansa, ajraladigan so'lakda organik moddalarga boy so'lak ajraladi. Har ikki asab bafavariga qitiqlanganda ham shu hoi yuz beradi. Asablarning qitiqlanishi natijasida so'lak ajralishining oddiy filtratsiya jarayonidan iborat bo'lmay, markaziy asab tizimi va sekret chiqaruvchi hujayralarning faolligi natijasida vujudga keladigan murakkab fiziologik jarayondir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling