E nuritdinov
Hazm tizimining boshqarilish qismi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Hazm tizimining boshqarilish qismi.Hazm tizimining boshqarilish qismiga:
mahaliiy va markaziy tizimi kiradi. Mahaliiy boshqarish enteral asab tizimi (metasimpatik asab tizimining bir qismi) va ma'da-ichak yo'lining endokrin diffuz (aralash) tizimi orqali amalga oshiriladi. Hazm tizimining boshqarilishi markaziy asab tuzilmalari: orqa miya, miya ustuni, gipotalamus, bosh miya po'stlog'i va boshqa hazm markazlariga mansub bo'lgan tizimlar orqali amalga oshiriladi. Hazm markazi me'da-ichak faoliyatini uyg'unlantirishdan tashqari ovqat xulq-atvorni ham boshqara oladi. Ovqat xulq-atvorning shakllanishi gipotalamus, limbika va bosh miya yarim sharlari po'stlog'i orqali boshqariladi. Mahaliiy va markaziy boshqarilish o'rtasida, me'da-ichakyo'lidan va markaziy asab tizimidan tashqarida joylashgan simpatik tugunlar muhim rol o'ynaydi. Enteral asab tizimi -- ko'pgina mikroganglionar (kichik tugunlar) tuzilmasining yig'indisi bo'lib, me'da-ichak devorida joylashgan va metasimpatik asab tizimining bir qismi hisoblanadi. Me'da-ichak yo'lining boshqariluvida mushaklararo (mienteral), Auerbax va Meyssner asab tolalari muhim rol o'ynaydi. Ularning tarkibida sezuvchi (sensor), effektor va interneyronlar hamda sinapslar mavjud. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda me'da-ichak neyronlarning miqdori orqa miya neyronlarining miqdoriga teng. Me'da-ichak yo'lida o'z funksiyalarini bajarib, ko'pgina funksional jarayonlarni yuzaga chiqaruvchi neyropeptidlar .ham mavjud. Ularga; xolesistokinin, gastrin- chiqaruvchi peptid, R moddasi. enkefalin, neyrotenzin, dermorfin, bombezin va endorfinlar kiradi. Hozirgi kunda enteral asab tizimi neyronlarida atsetilxolin va noopioid neyropeptidlar borligi aniqlangari; Funksional nuqtayi nazardan enteral asab tizimining neyronlari qo'zg'aluvchi va tormozlovchi bo'ladi. Asosiy qo'zg'aluvchi neyronlarga xolinergik neyronlar kiradi. Tormozlovchi neyronlarga esa xolinergik asab hujayralariga bevosita ta'sir qiluvchi adrenergik neyronlar kirib, efektor hujayralarni faollashtiradi. Bugungi kunda tormozlanish jarayonlarida peptidergik neyronlar (masalan, vazoaktiv intestinal peptid) qatnashadi 75 degan ma'lumotlar ham yo'q emas. , , Diffuzion endokrin tizimi. Me'da-ichak yo'lida neyronlar to'ridan tashqari yana endokrin hujayralari borligi aniqlangan. Ular me'da-ichakning shilliq pardasida va me'da osti bezida joylashib, monoaminlar va peptid... tabiatli moddalarga boy. Endokrin hujayralarning me'da-ichak yo'llari bo'ylab tarqalganligi sababli ularning yig'indisini difiuzion endokrin tizim deyiladi. Shu hujayralarga o'xshagan elementlar o'pkada, terida, qalqonsimon bezda, gipofizda, buyrak usti bezining mag'iz qavatida, simpatik tugunlarda ham topilgan. Biroq, hujayralarning miqdori va ularning tarqalganligi bo'yicha me'da-ichak tizimi birinchi o'rinda turadi. Bunday hujayralarning asosiy tiplari va ularning peptidlari .quykla keltirilgan. Ularning bir xili yulduzchalar bilan belgilangan, qaysiki peptidlarga o'xshaydi va enteral asab tizimi tarkibiga kiradi. Ba'zi hujayralarda (EC,, EC2) peptidlardan tashqari serotonin ham topilgan. Me'daning shilliq pardasidagi ba'zi hujayralarida gistamin ham bor. Me'da-ichak yo'li bo'shlig'ida joylashgan endokrin hujayralardan mexanik yoki kimyoviy ta'sirlanish natijasida hamda asosiy boshqaruvchi neyropeptidlarning ta'siri ostida gastrointestinal gormonlar ajralib chiqadi. Bunday ta'sirlanish ikki yo'l bilan: endokrin va parakrin yo'llari orqali amalga oshadi. Endokrin yo'li bilan fiziologik faol modda hujayradan chiqib qon kapillarlariga tushadi, jigarning portal (darvoza) tizimi, kichik qon aylanish doirasi, keyinchalik katta qon aylanish doirasidan o'tib, katta arterial qon orqali nishon-hujayraga ta'sir etadi. Parakrin yo'li bilan hujayralararo bo'shlig'ida ajralgan modda qon aylanish tizimiga tushmasdan bevosita yonida yotgan nishon-hujayraga ta'sir etadi. Me'da-ichak funksiyalarini boshqarilishida E va F guruhdagi prostoglandinlar muhim ahamiyatga ega. Ovqatning fizikaviy o'zgarishlari uning mexanik ishlanishi, maydalanishi, aralashishi va eruvchanligi oshishidan iborat. Kimyoviy o'zgarishlari deganda esa oqsillar, yog'lar va karbonsuvlarning gidroliz yo'li bilan parchalanishi bunda yuz beradigan ketma-ket bir qancha bosqichlar tushuniladi. Ovqatning kimyoviy o'zgarishlari qator gidrolitik fermentlar ta'sirida ro'y beradi. Bu fermentlar uch guruhga bo'linadi: 1) oqsillarni parchalaydigan fermentlar proteazalar; 2) yog'larni parchalaydigan fermentlar lipazalar; 3) uglevodlarni parchalaydigan fermentlar - karbogidrolazalar. Fermentlar hazm bezlarining sekretor hujayralarida hosil bo'lib, so'lak, me'da, me'da osti bezi va ichak shiralari tarkibida hazm yo'llariga kiradi. Ovqat moddalarining har bir turiga turli fermentlar ketma-ket (ba'zilari oldin, ba'zilari keyin) ta'sir etadi, natijada oziqa moddalar ma'lum ketma-ketlikda tobora oddiy kimyoviy birikmalargacha parchalana boradi. Shunday qilib, organizmning tirikligi uchun zarur bo'lgan barcha oddiy moddalar tashqi muhitda murakkab birikmalar - oqsil, yog' va karbonsuvlar shaklida uchraydi. Bu moddalar hazm tizimiga tushib, murakkab hazm jarayonlarida parchalanadi va keyinchalik qonga so'riladi. Ovqat moddalarining organizmga muntazam kirib turishi, o'zgarishi va o'zlashtirilishi organizm tuzilmalarini va ularning tiriklik faoliyatini bir butun qilib turishga imkon beradi. Ovqat moddalari organizmga so'rilgandan keyin hujayralar va to'qimalarning tuzilishi va energiya berish uchun sarf etiladi. Oqsillarning parchalanish mahsulotlari (aminokislotalar va past molekulali peptidlar), yog'larning parchalanish mahsulotlari (diglitseridlar va monoglitseridlar, glitserin, yog' kislotalar) va karbonsuvlarning 76 parchalanish mahsulotlari (poll - va monosaxaridlar,dekstrina, disaxaridlar va monosaxaridlar) shunday moddalar jumlasiga kiradi. Faqat suv, mineral tuzlar va ovqatdagi ba'zi organik birikmalar o'zgarmasdan qonga so'riladi. Barcha tirik organizmlar moddalar almashinuvining turiga qarab, ikki guruhga - avtotrof va geterotrof organizmlarga bo'linadi. Agar avtotrof organizmlarga ko'pincha o'simliklar kirsa, geterotrof organizmlarga hayvonlar kiradi. Hayvonlar ovqatlanishi uchun zarur bo'lgan organik moddalardan - oqsil, yog' va karbonsuvlarni tayyor holda tashqi muhitdan oladi. Hayvon va odam organizmida bu murakkab organik moddalar hazm jarayoni orqali oddiy organik moddalarga aylanadi, ulardan keyinchalik organizmning o'ziga xos bo'lgan murakkab organik moddalar hosil bo'ladi. Hazm a'zolari sekretor funksiya bilan bir qatorda ekskretor funksiyasini ham o'taydi, ya'ni modda almashinuvining ba'zi mahsulotlari (masalan, o't pigmentlari) ni va og'ir metallarning tuzlarini organizmdan chiqarib tashlaydi. Rus olimi I.P.Rozenkov fikricha, hazm a'zolarining ekskretor funksiyasi yana shu yo'sinda namoyon bo'ladiki, bu tizimda picha miqdorda oqsillar ishlab chiqariladi, ular keyinchalik aminokislotalargacha parchalanadi va bu aminokislotlar esa qonga so'rilib, tegishli hujayralarda boshqa oqsillarning sintezlanishida ishtirok etadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling