E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Gipoksiya
Organizmning kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmasligi gipoksiya deb ataladi. Gipoksiyaning to'rt turi: gipoksemiya, anemiya, damlanma va gistotoksiya mavjud. Arterial havodan qonga yetarlicha kislorod o'tmasligi gipoksemik gipoksiyaga sabab bo'ladi. Qonning kislorod biriktirish xossasi susayishi, ya'ni qonda kislorod sig'imining kamayishi anemik gipoksiyaga sabab bo'ladi. Gemoglobin kamayganda (anemiyalarda), boshqa moddalarni biriktirib olganda (masalan, is gazidan 71 zaharlanganda), metgemoglobin hosil bo'lganda (nitritlar, ferrosianidlar, atsetanilid va boshqa moddal#rdan zaharlanganda shunday holat kelib chiqadi. Damlangan gipoksiya qon aylanishining umumiy kamchiligida kapillarlarda qonning sust harakatlanishi natijasida (yurak va tomirlarning kasalliklarida) vujudga keladi. Gistotoksik gipoksiya_to'qimalar kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmaganda (to'qimalarnjng oksidlovchi fermentlari nofaol bo'lganda, masalan, ular sianidlardan zaharlanganda) paydo bo'ladi. Dastlabki ikki sababdan bin bilan kelib chiqqan gipoksiyada qondagi kislorod miqdori kamayadi, ya'ni qon kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmaydi (gipoksemiya), qon kislorod bilan yetarlicha to'yingan bo'lishi mumkin, lekin to'qimalarga kislorod yetishmaydi. Gipoksiyada organizmda nafas olish va qon aylanishi bir qancha o'zgarishlarga uchraydi, ular moslanish uchun ahamiyatli. Masalan, qonda kislorod yetishmaganda tomirlardagi refleksogen zonalarning xemoretseptorlari qo'zg'alib, o'pka ventilatsiyasi refleks yo'li bilan ortadi, yurak faoliyati kuchayadi va tezlashadi, demak, daqiqalik hajm ortadi, taloqdan va boshqa qon depolaridan umumiy qon aylanish doiralariga ko'proq qon qo'shiladi, kapillarlar ochiladi. Gipoksiyada modda almashinuvining oksidlanib ulgurmagan mahsulotlari to'qimalarda to'planib, nafas olish va qon aylanishining asab markazlarini qo'zg'atishi ham boyagi o'zgarishlar paydo bo'lishiga yordam beradi. Gipoksiya sababi uzoq vaqt ta'sir etsa (masalan, juda baland joyda uzoq vaqt turilsa, shuningdek yurak faoliyatining ba'zi buzilishlarida), qondagi eritrotsitlar va gemoglobin shunga moslanib ko'payib ketadi. Agar organizm kislorod bilan yaxshiroq ta'minlansa, gipoksiya barham topadi. Nafas olish, qon aylanishi va qon tarkibining moslashuv o'zgarishi gipoksiyani yo'qotish uchun yetarli bo'lmasa, uning yuqorida ko'rsatilgan og'ir belgilari paydo bo'laveradi. Bu belgilar, avvalo, kislorod yetishmasligiga ayniqsa sezgir bo'lgan markaziy asab tizimi funksiyasi buzilishi simptomlari bilan xarakterlanadi. Og'ir gipoksiyada avvaliga maslikni eslatuvchi holat - gallutsinatsiyalar (aldamchi his, soxta sezgi-haqiqatda yo'q narsani his qilish, sezish, tasavvur qilish va bunga ishonish belgilari) paydo bo'ladi, so'ng talvasa tutadi, ko'z tinadi, kishi dambadam o'zidan kctib turadi, nihoyat, kishi butunlay hushdan ketadi. Ayni vaqtda qon aylanishi va nafas olishni boshqaruvchi asab markazlari holatining buzilishi natijasida nafas olish va qon aylanishi buziladi: kishi yuza (kalta) nafas oladi, tomirlarda qon yaxshi yurishmaydi, shuning natijasida qo'1-oyoq ko'karadi (sianoz) puls zaiflashadi va qon bosimi pasayadi. Nafas olish va qon aylanishining buzilishi o'z navbatida asab markazlarining holatini yanada ko'proq yomonlashtiradi, bu esa gipoksiyaning og'ir xillarida tez o'limga olib keladi. Gipoksiyaning aytilgan turlaridan gipoksemik gipoksiya faqat past atmosfera bosimida uchraydi, sog'lom odamlarda kuzatiladi va fizibloglar tekshiradigan hodisalarga kiradi. Gipoksiyaning qolgan turlari esa patofiziologlar va klinisistlar o'rganadigan patologik hodisalarga kiradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling