Yuqori atmosfera bosimida nafas olish
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya'ni suv ostida odam qoni tarkibida, to'qima va
hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning miqdori ko'payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan
holda miyaning qon tomirlarida to'planadi. Agar odam bunday sharoitdan juda tezlik
bilan mo"tadil bosimli sharoitga o'tsa, erigan azot gazi mayda pufakchalarga aylanib,
qon tomirlarini to'sib qo'yadi va kesson kasalligi yuzaga keladi.
Ohista dekompressiyada, masalan, g'ovvos dengizning chuqur joydan sekin
ko'tarilganda, bosim pasaygan sayin gazlar chiqarilayotgan nafas havosi bilan birga
ajrala boshlaydi va organizmga hech qanday xavf tug'dirmaydi. Haddan tashqari tez
dekompressiyada, masalan g'ovvos dengiz tubidan tez ko'tarilganda gazlar
organizmdan ajralib ulgurmaydi. Yuqori bosimdan mo'tadil bosimga o'tilganda
gazlarning qonda erishi kamaygani uchun qonda gaz pufakchalari paydo bo'ladi,
bular esa tomirlar emboliyasiga, ya'ni tomirlar ichiga gaz pufakchalarining tiqilib
qolishiga sabab bo'la oladi. Karbonat kislota va kislorod qonga kimyoviy yo'l orqali
birikuvchi gazlar bilan, azotga nisbatan kamroq xavflidir, azot esa yog'larda va
lipoidlarda yaxshi erib, miyada va asab stvollarida ko'p to'planadi. Tez
dekompressiyada paydo bo'luvchi va ba'zan kesson kasalligi deb yuritiluvchi holatda
bo'g'imlar og'riydi va miyaning zararlanish simptomlari paydo bo'ladi. Bu kasallikni
davolash uchun qondan ajralib chiqqan gaz
pufakchalarini yana eritib yuborish uchun yuqori bosimni bemorga tez ta'sir ettirish
zarur, ya'ni bunday vaqtlarda kishini yana yuqori bosimli sharoitga ko'chirish zarur
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |