E nuritdinov
To'qimalarda gaz almashinuvi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
To'qimalarda gaz almashinuvi
Organizm hujayralari va to'qimalarining kislorod olib, karbonat angidrid chiqarishdan iborat murakkab, fiziologik jarayon to'qimalarning nafas olishi deyiladi. Bu jarayonlar yoki reaksiyalar natijasida ma'lum miqdorda energiya hosil bo'ladi. To'qimalarning nafas olishi dissirnilatsiya shakllarining bin bo'lib, moddalar parchalanishi natijasida hosil bo'lgan energiya hisobiga butun tiriklik jarayonlar (tirik moddaning yangilanishi, to'qimalarning o'sishi va taraqqiy etish, mushaklarning qisqarishi, bezlarning shira chiqarishi va h.k) sodir bo'ladi. Yuqorida aytib o'tkanimizdek, ko'p hujayralar kislorod olib, karbonat angidrid chiqaradi. Turli hujayralar har xil miqdorda kislorod sarf qiladi. Bezlar, buyrak va bosh miya yarim sharlari boshqa a'zolarga qaraganda ko'proq kislorod sarf qiladi. Bir to'qimaning o'zi har xil miqdorda kislorod sarflaydi. Bunda kislorod sarfi to'qimaning kam yoki ko'p ishlashiga bog'liq. To'qima qancha ko'p ishlasa, shuntha ko'p kislorod sarf bo'ladi. 65 To'qima hujayralari va kapillarlardagi qon orasida gazlar almashinuvi diffuziya yo'li bilan o'tadi. Bu jarayonning sodir bo'lishi uchun to'qimada kislorodning parsial bosimi qondagiga qaraganda kam, karbonat angidridning parsial bosimi esa ko'p bo'lishi kerak. To'qimalarda sarf etilgan kislorod miqdori, bir tomondan, a'zoning ishiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu a'zoning qon bilan ta'min etishiga va qondagi kislorodning parsial bosimiga bog'liq. Bu omillarning hammasi turg'un bo'lmay o'zgarib turadi. Kislorodning to'qimalarga kirishi ularda bo'ladigan oksidlanish jarayonlarini ta'minlaydi. Bu jarayonlarnihg mexanizmi hali yaxshi aniqlangan emas. So'nggi vaqtdagi ma'lumotlarga qaraganda, moddalarning oksidlanishi uch xil yo'l , bilan vujudga keladi: 1) moddaga kislorod qo'shilishi; 2) ularning vodorod yo'qotishi; 3) elektron ajratishi. To'qimalarda oksidlanish jarayonlarining vujudga kelishi haqidagi hozirgi zamon tushunchalari amerikalik olim Genri Svan tadqiqotlariga asoslangan. Uning tekshirishlariga qaraganda, hujayralarda moddalarning oksidlanishi ulardan vodorod ajralib chiqishi bilan sodir bo'ladi. Organik moddalarning vodorod ajralishi hisobiga oksidlanishi kislorodsi/ ham vujudga kela oladi. Buning uchun vodorodni ajratadigan maxsus fermcnt-degidraza va vodorodni qabul qilib oladigan modda (akseptor) bo'lishi shart. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo'ladigan har xil organik molekulalar shunday akseptor rolini. o'ynay oladi. Bu kislorodsiz (anaerob) oksidlanish jarayoni akseptorlar vodorodga tuyingandan keyin to'xtaydi. Oksidlanish reaksiyalarini oxiriga yetkazish uchun akseptorlar o'zlaridan vodorodni ajratib chiqarishi kerak. Bu esa kislorodli sharoitda vujudga keladi: kislorod vodorod bilan birikib, suv hosil qiladi (43-rasm). Qon aylanish katta doirasining kapillarlaridan o'tayotgan qon o'/idagi kislorodning hammasini bermaydi. Arterial qonda qariyb 20 hajm % kislorod bor; venoz qonda esa taxminan 12 hajm % O2 bo'ladi. Shunday qilibr 20 hajm. % kisloroddan to'qimalar 8 hajm % ill, ya'ni qondagi jami kislorodning 40% ni oladi. 7 Arterial qondagi kislorodning to'qimalar oladigan va foizlar bilan ifodalanadigan miqdori kislorodning utili/atsiya koeffitsienti deb ataladi. Bu ko'rsatich bir qancha fiziologik sharoitlarga qarab o'zgaradi, .Organi/m tinch turganda bu koeffitsient 30- 40% ga teng. Og'ir jismoniy ish bajarilganda mushaklardan ketayotgan venoz qondagi kislorod miqdori kamayib, 8-10% gacha tushadi. Demak, kislorodning utilizasiya koeffitsienti oshib, 50-60% gacha yetadi. Ishlamay turgan kapillarlar to'qimaning ishlashi tufayli ochilib, to'qimalarga qonning tez o'tishini ta'minlaydi. Sut kislotasi bilan karbonat kislotaning ko'p hosil bo'lishi (buning natijasida gemoglobinning kislorod biriktirish xossasi susayadi va to'qimalarga kislorod tezroq diffuziyalanib o'tadi) ham utilizatsiya koeffitsientini oshiradi, nihoyat ishlayotgan mushaklarda haroratning ko'tarilishi va hujayrada sodir bo'ladigan fermentativ hamda energetik jarayonlarning kuchayishi kislorod utilizatsiyasini oshiradi. Shunday qilib, to'qimalarga kislorod yetkazib berilishi oksidlanish jarayonlarining jadalligiga qarab boshqariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling