E nuritdinov


Qonning kislorod tashish funksiyasi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Qonning kislorod tashish funksiyasi 
 
Agar qonda kislorod faqat fizik yo'l bilan erisa, uning qondagi miqdori juda kam (100 
ml qonda 0,3 ml gina bo'lar) va organizmdagi jarayonlarini ta'min qilish uchun zarur 
bo'Igan  kislorod  miqdoridan  bir.necha  marta  kam  kislorod  to'qimalarga  berilar  edi. 
Kislorod  qonda  faqat  fizik  yo'l  bilan  birikmay,  balki  kimyoviy  yo'l  bilan  ham 
birikadi.  Kislorodni  kimyoviy  yo'l  bilan  o'ziga  biriktirib  oladigan  qon  juda  osonlik 
bilan  uni  o'zidan  ajratib  yuboradi.  Demak,  kislorod  gemoglabin  bilan  puxta 
birikmagan  bo'ladi.  Odam  o'pkasida  kislorodning  parsial  bosimi  taxminan,  100-110 
mm.  Bu  bosim  95-96%  gemoglabin  oksigemoglabinga  aylanishi  uchun  yetarlidir. 
To'qimalarda  kislorodning  parsial  bosimi  kam  bo'lsa,  oksigemoglobinga  aylanadi. 
Kislorodning parsial bosimi simob ustuni bilan 30 mm bo'lganda gemoglobin o'zidagi 
kislorodning yarimini, 20 mm bo'lganda to'rtdan uch qismini yo'qotadi. 
Kislorod 
eritrositlardagi 
gemoglobin 
bilan, 
asosan, 
kimyoviy 
birikkan 
bo'lsa,  qon  plazmasida  fizik  aralakhgan  bo'ladi.  Qon  plazmasida  erigan 
kislorod  va  gemoglobin  miqdori  qancha  ko'p  bo'lsa,  shuncha  ko'p  kislorod 
gemoglobin bilan birikadi. 

Kislorodning  parsial  bosimiga  qarab,  gemoglobinning  kislorod  bilan  birikish 
darajasini quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin. 
Karbonat  angidrid  gemoglobinning  kislorod  bilan  birikish  qobiliyatini  kamaytiradi. 
Shuning 
uchun 
qonning 
to'qimalarda 
karbonat 
angidridga 
boyishi 
oksigemoglobinidan  kislorodning  ko'p  chiqishiga  sabab  bo'ladi.  Buni  birinchi  marta 
rus olimi B.F. Verigo aniqlagan. Qon o'pkaga kelganda undagi karbonat angidridning 
bir  qismi  tashqariga  chiqib  ketadi  ya  gemoglobinning  kislorod  bilan  birikish 
qobiliyati yana oshadi. 
Gemoglobinning  kislorod  bilan  birikishiga  karbonat  angidridning  ta'sir  etishi  katta 
fiziologik  ahamiyatga  ega.  O'pka  kapillarlariga  keladigan  vena  qonida  karbonat 
angidrid ko'pligi uchun, uning kislorod bilan birikish qobiliyati kam bo'ladi. Bu qon 
o'zidan  karbonat  angidridni  o'pka  orqali  chiqarib  yuborgach,  uning  kislorod  biJan 
birikish  qobiliyati  oshadi  va  o'ziga  ko'p  miqdorda  kislorodni  biriktirib,  to'qimalarga 


 
63 
ketadi. To'qimalarda  esa qon  karbonat  angidridga  boyib, uning kislorodni  biriktirish 
qobiliyati kamayadi va o'zidagi kislorodni to'qimalarga chiqarib beradi. 
Gemoglobinning 
kislorod 
bilan 
birikishiga 
qondagi 
vodorod 
ionlarining 
konsentratsiyasi ham ta'sir etadi. Qancha vodorod ionlarining konsentratsiyasi qonda 
ko'p bo'lsa, gemoglobin o'-ziga kislorodni shuncha kam biriktiradi. 
Gemoglobinning  kislorod  bilan  birikishiga  harorat  ham  ta'sir  etadi.  Haroratning 
ko'tarilishi  qonda  kislorodning  chiqishini  kuchaytiradi.  Jismoniy  ish  vaqtida  qonda 
karbonat  angidrid  ko'payib,  to'qima  harorati  bir  oz  oshadi,  bu  esa  kislorodning 
qondan to'qimaga o'tishini tezlashtiradi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling