E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
O'pka ventilatsiyasi
O'pka vetilyasiyasi nafas olish va nafas chiqarish yo'li bilan amalga oshirilib alveolyar havoning tarkibi doimo yangilanadi. Tinch holatda nafas harakatining /udh'gi, 1 daqiqa davomida 12-16 ga teng. Tinch holatda bu miqdor yana ham kamayishi mumkin (bir daqiqada 6 nafas harakati), ammo jismoniy mashq yoki mehnat natijasida nafas harakati 60 va undan ham ko'proq bo'lishi miimkin. Katta yoshdagi odamlarda o'pka ventilatsiyasining ko'rsatkichi 1 daqiqada 70-100 1 ga teng. Odam tinch turgan vaqtda bir daqiqada 16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi o'pkalar'ga kiradi. Agar bir daqiqadagi nafas soni har bir marta nafas olganda o'pkalarga kirgan havo miqdoriga ko'paytirilsa, o'pkalarning daqiqalik ventilatsiyasi kelib chiqadi. Tinch holatda o'pkalarning daqiqalik ventilatsiyasi 8-9 litrga teng. Masalan, bir daqiqada 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda o'pkaga 500 ml havo kiradi, ya'ni 16-500=8000 ml. ,-. O'pka ventilatsiatsining daqiqalik . hajmi ventilatsiyaning qanchalik samarali ekanligini to'la ta'riflab bermaydi. Ikki holda o'pka ventilatsiyasining daqiqalik hajmi 6 1 ga teng deb faraz qilaylik. Birinchi holda odam daqiqaga 20 marta nafas olgan, bar birining hajmi 300 ml. Ikkinchi holda 10 marta nafas olgan, har birining hajmi 600 ml. Zararli bo'shliq hajmi o'rta hisobda 140 ml ekanligi nazarda tutilsa, nafas olish chuqurligi 300 ml ga teng bo'lganda zararli bo'shliq ventilatsiyasiga nafas havosining taxminan 1/2 hajmi ketadi. Binobarin, har bir nafas olish paytida alveolalarga 300-140=160 ml havo yetib boradi. Nafas olish chuqurligi 600 ml bo'lganda esa alveolarga 600-140=460 ml, ya'ni nafas havosining 3/4 hajmi yetib boradi. O'pka ventilatsiyasining daqiqalik hajmi 6 1 ga teng bo'lganda birinchi holda alveolalar ventilatsiyasi 20x160=3,2 1 ni, ikkinchi holda esa 10x460=4,6 1 ni tashkil etadi. Shunday qilib, siyrak, lekin chuqur nafas ancha samarali bo'ladi, chunki bunda alveolalar yaxshiroq ventilatsiyajashadi. Keltirilgan misdllar nafas gimnastikasining muhim amaiiy ahamiyati borligiiii va undan maqsad-to'g'ri nafas olishga o'rganish ekanligini ko'rsatib turibdi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling