62
kelmasa, muvozanat buziladi.
Shunday qilib, umumiy bosimning gazlar aralashmasidagi har bir gazga to'g'ri
keladigan qismi parsial bosim deb ataladi. Buni yana bir misol bilan tushuntirib
beramiz (8-jadval).
Ma'lumki, atmosfera
havosining tarkibida kislorod, karbonat angidrid va
azot bor, shu
bilan birga unda kislorodning 20-94% karbonat angidridning 0-03% va azotning 79-
03% ekanligi ma'lum. Shu gazlardan har birining parsial bosimi qancha?
, Atmosfera bosimi simob ustuni hisobida 760 mm ga teng. Modomiki havo bosimi
760 mm ning 20-94% iga teng bo'lsa, simob ustuni hisobi bilan 159 mm ga baravar
bo'ladi. Azotning parsial bosimi atmosfera bosimining 79 03% iga baravar keladi va
simob ustuni hisobi bilan 600-8 mm ga teng bo'ladi. Atmosfera havosida karbonat
angidrid juda kamhammasi bo'lib 0-03%. Shu sababli karbonat angidrning parsial
bosimi ham simob ustuni hisobi bilan taxminan 0-2 mm ga baravar bo'ladi.
Arteriya va vena qonida kislorod hamda karbonat angidrid miqdori va
parsial bosimni
quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: