E nuritdinov


O'pkaning tiriklik sig'imi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

O'pkaning tiriklik sig'imi. 
 
Chuqur  nafas  olingandan  so'ng  maxsus  gazometr  (spirometr)  ga  mundshtuk  orqali 
chuqur  nafas  chiqarilsa,  unga  nafas  havosi  ham,  rezerv  havo  ham,  qo'shimcha  havo 
ham  kiradi,  ya'ni  o'rtacha,  500+1500+1500=3500  ml  havo  kiradi.  Shu  havoning 
hammasi  o'pkaning  tiriklik  sig'imini  tashkil  qiladi.  Yosh,  jins,  sog'liqqa  va  nafasni 
mashq qilishga qarab, tiriklik sig'imi turlicha bo'ladi. O'pkaning tiriklik sig'imi yigit-
yalanglarda 3,5-4,5 1, ayollarda shundan taxminan 1/3 kam (3-3 lj 5 
 
Qoldiq havo 
 
Maksimal  chuqur  nafas  chiqarilgandan  so'ng  o'pka  hajrni  havodan  to'la  qutilmaydi, 
unda qariyb 1000-1500 ml havo qoladi, u qoldiq havo deb ataladi, 
pka^  havosi  hajmlarining  nisbati  38-rasmda  ko'rsatilgan.  Odatdagicha,  tinch  nafas 
olish va chiqarishda o'pkada doimo qoldiq havo bilan rezerv 
(zaxiraviy)  havo  bo'ladi.  Murda  o'pkasidagi  havoning  ko'pchilik  qismini  ikki 
tomonlama ochiq pnevmotoraks yo'li bilan chiqarib yuborish mumkin, chunki bunda 
o'pka to'qimasi butunlay bujmayadi. 
Ayni vaqtda o'pkadan chiqqan havo kollaps havosi deb ataladi. 
       Zararli  bo'shliq.  Alveolalardan  tashqari,  havo  yo'llari  (hiqildoq,  traxeya, 
bronxlar  va  bronxiolalar)da  ham  havo  mavjud.  Bu  havo  gaz  almashinuvida 
qatnashmaydi,  shuning  uchun  uni  o'Hk  (yoki  zararli)  bo'shliq  havosi  deb  atashadi. 
Zararli bo'shliq hajmi uncha katta bo'lmay, o'rta hisobda qariyb 140 ml ni tashkil qilsa 
ham, alvelolyar havo tarkibi nafasdan chiqqan havodan nega farq qilishini tushunmoq 
uchun  zararli  bo'shliqdagi  havo  miqdorini  hisobga  olish  lozim.  Tinch  nafas  olishda 
500 ml nafas havosidan o'pka alveolalariga 500-140=360 ml kiradi. Tinch nafas olish 
va  chiqarish  vaqtida  nafas  chiqarilgandan  keyin  alveolalarda  1000  ml  qoldiq  havo 
bilan 1500 ml rezerv havo, ya'ni 2500 ml qolganligi uchun, har bir nafas olish paytida 
alveolar havoning hammasi emas, balki atigi 
— qismi, ya'ni taxminan 1/7 qismi yangilanadi. 
 
Pnevmotoraks 
 
Ko'krak  qafasi  teshilgan  yoki  yorilganda,  ba'zan  esa  o'pka  dcvori  ichdan 


 
60 
.zararlanganda  plevra  bp'shlig'iga  havo  kirib  qolishi  pnevmotoraks  deb  ataladi. 
Buning natijasida plevra bo'shlig'idagi bosim  atmosfera  bosimiga  teng bo'lib qoladi, 
o'pka  bujmayadi  va  ko'krak  qafasi  nafas  harakatlariga  ergashmaydi,  ochiq 
pnevmotoraks vujudga keladi. O'pkaga traxeya orqali sun'iy yo'l bilan ritmik ravishda 
havo yuborib turilfnasa, ikki tomonlama ochiq pnevmotoraks o'limga olib boradi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling