E nuritdinov


Gazlarning qonda tashilishi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Gazlarning qonda tashilishi 
 
Qon  kislorodni  alveolyar  havodan  tana  to'qimalariga  va  karbonat  angidridni  tana 
to'qimalaridan o'pka alveolalariga yetkazib beradi. 
 
Qonning gaz tashish funksiyasi 
 
Qonning  kislorodni  nafas  olish  a'zolaridan  to'qimalarga  yetkazib  berishi  va  ularda 
hosil  bo'lgan  karbonat  angidridni  tashqariga  chiqarib  yuborish  uchun  nafas  olish 
a'zolariga keltirib berishi gaz tashish funksiyasi, ya'ni qonning nafas olish funksiyasi 
deyiladi. 
Arteriyalardan  oqib  borayotgan  qon  to'qima  kapillarlariga  kelib,  o'zidan  kislorodni 
to'qimalarga  beradi  va  ularda  hosil  bo'lgan  karbonat  angidridin  olib,  vena  qoniga 
aylanadi. Nafas olish a'zolari kapillarlaridan o'ta turib, qon o'zidan karbonat angidrini 
o'pkaga beradi va undagi kislorodni olib, arteriya qoniga aylanadi. Shunday qilib, qon 
nafas  olish  a'zolaridan  kislorod  olib,  uni  to'qimalarga  yetkazib  beradi  va 
to'qimalardan  karbonat  angidrid  olib,  uni  o'pkaga  yetkazib  beradi.  Bu  jarayon 
qonning nafas olish funksiyasi deyiladi. 
O'pka  alveolalaridagi  havo  bilan  qon  orasida  va  to'qima  bilan  qon  orasidagi  gazlar 
almashinuvi  diffuziya  yo'li  bilan  bo'lib,  karbonat  angidridning  parsial  bosimi  qonda 
ko'p, alveolarda esa kam bo'ladi. To'qimalarda bu homing teskarisi yuz beradi, ya'ni 
ularda  qondagiga  qaraganda  kislorodning  parsial  bosimi  kam  va  k-or'  Dnat 
angidridning parsial bosimi ko'p bo'ladi. 
Gazlar  suyuqlik  bilan  fizik  va  kimyoviy  birikkan  bo'ladi.  Gazning  suyuqliqda  erish 
miqdori  uning  hajmi  va  bosimiga,  suyuqliqning  miqdori  va  haroratiga  bog'liq. 
Gazning  bosimi  va  suyuqliqning  miqdori  qonda  ko'p  harrida  harorat  qonda  past 
bo'lsa, shuncha ko'p gaz suyuqlik bilan birlashadi. Agar suyuqlik ustida bir necha gaz 
aralashmasi bo'lsa, har qaysi gazning suyuqlikda erishi, shu gazning parsial bosimiga 
bog'liq bo'ladi. 
Gazning  parsial  bosimi  gaz  aralashmasidagi  ayrim  gazlarning  bosimidan  iborat 
bo'lgani  uchun,  gaz  aralashmasining  umumiy  bosimi  va  tarkibiga  qarab,  ayrim 
gazning  parsial  bosimini  aniqlash  mumkin.  Masalan,  mo'tadil  sharoitda  havoning 
bosimi  760  mm.  Bu  havoning  21%  ini  kislorod  tashkil  etadi.  Demak,  kislorodning 
parsial  bosimi  orasida  katta  farq  bo'lib,  bu  farq  gazlarning  bir  tomondan  ikkinchi 
tomonga o'tishiga sabab bo'ladi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling