E nuritdinov
Upka va to’qimalarda gaz almashinuvi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Upka va to’qimalarda gaz almashinuvi.
Upkada gaz almashinuvi.O'pkada gazlarning havodan qonga o'tishi va aksincha, qondan atmosfera havosiga o'tishi yuqorida bayon qilingan fizik qonunlarga bo'ysunadi. Ammo o'pkaning bir qancha xususiyatlari bor. O'pkaga keluvchi venoz qonda karbonat angidrid tarangligi yuqori, kislorod tarangligi esa uning alveolyar havodagi bosimidan past. Shuning uchun qon o'pka kapillarlaridan o'tayotganida karbonat angidrid ajratadi va kislorod yutadi. Alvelolalar sonining juda ko'pligi (odamda 750 mln. ga yetadi) va yuzasi katta ekanligi (nafas olish paytida 100 m2 ni, nafas chiqarish paytida esa 30 m2 ni tashkil qiladi) alveolyar havo bilan qon o'rtasida gaz almashinuviga yordam beradi. Qonni alveolyar havodan ajratib turuvchi membrananing qalinligi atigi 0-004 mm ni tashkil etadi va ikki qavat hujaraylardan kapillarlar endoteliysining hujayralaridan va gazlarni bemalol o'tkazuvchi alveolalar epiteliysining hujayralaridan iborat. Gazlarning yaxshiroq va tezroq o'tishi uchun sharoit bo'lgandagina, o'pka kapillarlaridan qon qisqa muddatda o'tganida alveolalardagi havo bilan qon o'rtasida gazlar to'la almashinib turadi. O'pkada gazlar alveolalardagi havo bilan qon o'rtasida almashinadi. O'pkada gazlar tomomila normal ravishda almashinishi mumkin, chunki qondagi gazlar bosimi bilan havodagi gazlarning parsial bosimi o'rtasida yetarlicha farq bor. Bu farq quyidagi jadvaldan ko'rinib turibdi (10-jadval). Nafasga olinadigan havodagi va alveololar havosidagi kislorod, karbonat angidridi va azotning parsial bosimi, shuningdek ularning qondagi bosimi. Kislorod alveolalar havosidan qonga, karbonat angidrid esa qondan alveolalar havosiga diffuziya yo'li bilan o'tadi. Diffuziyaning kelib chiqishiga sabab shuki, alveolalar havosidagi kislorodning parsial bosimi simob ustuni hisobi bilan 110 mm, venoz qondagi kislorodning bosimi esa -40 mm. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling